„Islom ota“ masjidi
Masjid | |
„Islom ota“ masjidi
| |
![]() | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Yashnobod |
Manzil | Fargʻona yoʻli koʻchasi 55-uy[1] |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Karimov Yoʻdoshali[1] |
Maqomi | Ishlaydi |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbaz balandligi | 22,1 m[2] |
Minoralar soni | 5 |
Minoralar balandligi | 36,65 m 10,82 m[2] |
Qurilish materiali | Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin |
Holati | Faoliyat yuritmoqda |
Tarovih | ![]() |
Saharlik va iftorlik | ![]() |
| |
![]() |
Koordinatalari: 41°27′7″N 69°30′9″E / 41.45194°N 69.50250°E G O
Islom ota masjidi — Toshkent shahrining Yashnobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan jomeʼ masjidi[1]. 1996-yil 10-sentyabr sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[3].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjid XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yashab oʻtgan ozodlik va mustaqillik uchun kurashgan Joʻrabek Qalandarqori oʻgʻli tomonidan 1906-yilda quriladi. Masjid 1941-yildan boshlab faoliyat koʻrsatib keladi. 1991-yilda masjid binosi kengaytirilgan. 2015-yilda baxtsiz hodisa tufayli yongʻin kelib chiqqan va buning oqibatida masjidning asosiy xonaqoh qismi yonib ketgan edi. Shundan soʻng masjidni toʻliq qayta qurish ishlari boshlandi. 7 oy davomida masjid qurib bitkazildi. 2016-yil 7-oktabr juma kuni ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Masjidga davlat arbobi, Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti sharafiga „Islom ota“ nomi berildi[4][5]. Yangi masjidning ochilish marosimida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov quyidagi soʻzlarni bildirdi:
Bugun notinchliklar avj olgan bir vaqtda yurtimizda tinch-osoyishta hayot barqaror turgani sababli biz mana bunday binolarni qurishga muvaffaq boʻlyapmiz. Bu Allohning ulugʻ neʼmati, marhamatidandir. Masjid qurilishida yordam qilgan, hissa qoʻshgan, quruvchilar va xalqimizga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Alloh subhanahu va taolo barcha musulmonlarga ushbu masjidni muborak aylasin!
— Usmonxon Alimov, in
Masjid gumbazining balandligi 22,1 metrni, katta minora balandligi 36,65 metrni tashkil qiladi. Shuningdek, har birining balandligi 10,82 metr bo‘lgan to‘rtta kichik minoralar ham mavjud. Yangi qurilgan binoda kutubxona tashkil qilingan va unda bugungi kunda uch yuz turdagi bir yarim mingga yaqin kitoblar, qo‘lyozmalar mavjud[2]. Shuningdek, masjidda turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazishga moʻljallangan 80 kishilik majlislar zali ham qurilgan[4].
Joʻrabek Qalandarqori oʻgʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yashab oʻtgan ozodlik va mustaqillik uchun kurashgan va shu yulda halok boʻlganlar orasida Joʻrabek Qalandarqori oʻgʻli alohida oʻrin tutadi. U Buxoro amirligiga qarashli hozirgi Kitob tumanining hokimi boʻlgan. Joʻrabek Qalandarqori oʻgʻli 1868-yilda mustamlakachilarga qarshi kurashda yengiladi. Shundan soʻng u Qoʻqon xoni Xudoyorxon buyrugʻiga koʻra, ruslarga tutib beriladi. Turkiston general gubernatori Fon Kaufman bu isteʼdodli oʻzbek sarakardasini gubernator mahkamasida tarjimon sifatida oʻz xizmatiga oladi va unga polkovnik unvoni beriladi. 1901-yilda rus armiyasi general mayori unvoniga koʻtariladi. Joʻrabek Qalandarqori oʻgʻli 1876-yilda Peterburgga sharqshunoslar kongressiga vakil qilib yuboriladi. Bu anjumanda Joʻrabek koʻpchilik sharqshunoslarni chiqishlari bilan lol qodiradi[4].
1905-yili Rossiyada inqilob boshlanganda Joʻrabek vaziyatdan foydalanib, doʻsti Bobobek bilan Turkistonda ozodlik uchun kurash boshlaydi. 1906-yili 16-noyabrdan 29-dekabrga qadar general Joʻrabek toʻrt marta ziyolilar majlisini oʻtkazadi va bu majlislarda Turkiston xalqlariga iqtisodiy va siyosiy erkinliklar yaratilishi talab qiladi. 1906-yil 24-yanvarga oʻtar kechasi Joʻrabek oʻzining Qorasuvdagi bogʻida sirli ravishda oʻldirib ketiladi. Chunki Chor Rossiya amaldorlari undan shu yoʻl bilan qutulishgan. Keyinchalik Joʻrabek qoʻlyozmalari kolleksiyasi sharqshunoslik institutida saqlangan. Keyinchalik Milliy universitetning asosiy kutubxonasiga oʻtkazilgan. Bu qoʻlyozmalar Joʻrabekning gʻoyat keng bilimli zukko shaxs ekanidan dalolat beradi. Joʻrabek sharq olimlari merosini qunt bilan oʻrgangan va ilm maʼrifatga katta ahamiyat bergan. Tumandagi mahallaning hozirgi idorasi Joʻrabekning Qorasuv boʻyidagi dala hovlisida joylashgan. Uning binosi koʻchmas madaniy obeʼkt sifatida muxofazaga olingan[4].
Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjid Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi[6] 51-uy manzilida joylashgan. Masjid Joʻrabek mahallasi hududiga kiradi. Masjidning orqa qismida Joʻrabek qabristoni joylashgan.
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 „«Ислом ота» жоме масжиди“ (uz). masjid.uz. Qaraldi: 27-yanvar 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Barno Meliqulova. „Poytaxtimizdagi Islom ota jome masjidi“ (uz). religions.uz. Qaraldi: 22 sentyabr.
- ↑ „Информация о компании“ (ru). Qaraldi: 29-yanvar 2023-yil.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 vakillikuz. „«Ислом ота» жоме масжиди“ (uz). vakillik.uz (17-sentyabr 2015-yil). 27-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-yanvar 2023-yil.
- ↑ „Foto: Toshkentdagi «Islom ota» masjidi“ (uz). gazeta.uz. Qaraldi: 22 sentyabr.
- ↑ „улица Фаргона Йули Ташкент“ (ru). geodzen.com. Qaraldi: 27-yanvar 2023-yil.