Axbor Imomxoʻjayev

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Axbor Rustamovich Imomxoʻjayev
Axbor Imomxoʻjayev 85 yillik yubileyida
Tavalludi 19-fevral 1936-yil
Vafoti 30-may 2022-yil(2022-05-30)
(86 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi sport jurnalisti, futbol hakami
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Millati Oʻzbek
Dini Islom, Hanafiylik mazhabida
Faoliyat yillari 1963-1996
Mukofotlari Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.jpgShohrat rib.pngEmblem of Uzbekistan.svg
Bolalari 2ta
Ushbu maqolani tinglang (6 daqiqa)
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 8-iyul, 2022-yil(2022-07-08) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Axbor Rustamovich Imomxoʻjaev (Imamxodjayev) (19.02.1936, Toshkent — 30.05.2022, Toshkent) — Oʻzbekistonlik sport sharhlovchisi, futbol hakami va pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1936-yil 19-fevralda Toshkentda tavallud topgan. Eshonguzar mahallasi Katta Bogʻ koʻchasidagi 45-maktabda oʻqigan. 1954-1956-yillarda Toshkent viloyati Pedagogika bilim yurtida taʼlim olgan. 1956-1957-yillarda Mirzachoʻl tumanidagi 13-maktabning jismoniy tarbiya oʻqituvchisi. 1957-yilda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maktabda ham ishlagan. Keyinchalik „Paxtakor“ jamiyatiga taklif etilgan. 1963-yilda Jismoniy tarbiya institutining futbol boʻlimini qizil diplom bilan bitirdi. Bu dargohda oʻzbek futboli rivojiga munosib hissa qoʻshgan Gennadiy Krasnitskiy, Vladimir Shtern, Hamid Rahmatullayev, Maqsud Sharipov kabi insonlar bilan birga taʼlim oldi. Institutdan soʻng maʼlum muddat Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 83-maktabda dars berdi, koʻp oʻtmay Jismoniy tarbiya institutiga taklif etildi. Keyinchalik Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasida yoshlar boʻlimi rahbari, Futbol federatsiyasida hakamlar va nazoratchilar qoʻmitasi boshligʻi, „Paxtakor“ jamoasi boshligʻi, "Sport" gazetasining Futbol boʻlimi rahbari lavozimlarida faoliyatini davom ettirdi. Hakamlik faoliyatida Sovet Ittifoqi faxriylar terma jamoasining Paxtakor jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini boshqargan. 40 daqiqadan kechgan bahs 1:1 hisobida durang bilan tugagan. 1956-yilda Roman Turpishchev bilan birga futbol sharhlovchiligi faoliyatini boshlagan[1]. Birinchi sharhlovchiligi shu yilning oʻzida, Paxtakorning Spartak-Yerevan klubiga qarshi oʻyinida amalga oshdi. Ikki sharhlovchi radioda 15 daqiqadan ruscha, oʻzbekcha sharhlashgan. Televideniye orqali ilk sharhi esa 1960-yilga toʻgʻri keldi. Roman Turpishchev bilan birga Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk, Kiyev, Boku, Tbilisi, Yerevan va Olmaota shaharlariga safar uyushtirishib, „Paxtakor“ ishtirokidagi oʻyinlarni sharhlashgan. Oʻzbekiston sport jurnalistlari orasida birinchi boʻlib xorijga chiqish Axbor Imomxoʻjayevga nasib qilgan. „Paxtakor“ jamoasining 1979-yildagi halokati haqida shunday degan:

1980-yilda Mahmud Abduraimov, Toʻlqin Qozoqboyev, Shavkat Toʻlaganov, Bahodir Ibrohimov, Stanislav Stadnik, Birodar Abduraimov bilan birga „Tong“ nomli futbol faxriylari jamoasini tuzgan. Keyinchalik boshqa soha vakillari ham qoʻshildi va ikki guruhga boʻlindi. Jamoada turli soha vakillari bor. Uning oʻzi shu jamoaning sardori bo'lgan. Axbor Imomxoʻjayev 2022-yilning 30-may kuni vafot etgan[2].

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axbor Imomxoʻjayev „Futbol quvonchim, dardim, faxrim“, „Maftuningman futbol“, „Oʻzbegimning Mirjaloli“ kabi kitoblarning muallifi. 2019-yilda tantanali taqdimoti oʻtkazilgan „Asr futbolidagi asl qadrdonlarim“ kitobi — muallifning oʻninchi kitobi boʻlib, oʻzbek futbolining 100 yilligiga bagʻishlab chop etildi. 800 sahifadan iborat ushbu kitobda oʻzbek futboliga oid koʻplab tarixiy materiallar, xotiralar, qiziqarli faktlar jamlangan, murabbiy, futbolchi, mutaxassis va sport jurnalisti sifatida faoliyat olib borgan mashhur insonlar haqida ham qator maʼlumotlar taqdim etilgan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻgʻillari Abror va Zafar Imomxoʻjayevlar ham futbol jurnalistikasi mutaxassislari[3], nabirasi Diyor Imomxoʻjayev ayni paytda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori[4]

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Sport" va „Oʻzbekiston futboli“ gazetalaridagi jurnalistik faoliyati uchun „Oltin qalam“ milliy mukofotiga sazovor boʻlgan. 1996-yilda Shuhrat medali, 2006-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoniga sazovor boʻlgan[5]. 2021-yili esa Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kengashi qarori bilan universitetning faxriy professori unvoni berildi. Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasi Prezidiumining qarori bilan akademiyaning haqiqiy aʼzosi deb qabul qilindi va jurnalistga akademik ilmiy unvoni topshirildi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]