Sport (gazeta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"SPORT" — ijtimoiy-siyosiy gaz. Muassisi: OʻzR madaniyat va sport ishlari vazirligi. Toshkent shahrida oʻzbek va rus tilida nashr qilinadi. Dastlab (1932 y. 2 iyundan) "Fizkulturnik Vostoka" ("Shark, fizkulturachisi") nomi bilan chiqa boshlagan. 1934—39, 1953—91 yillarda "Oʻzbekiston fizkulturachisi", "Fizkulturnik Oʻzbekistana" nomlari bilan nashr etilgan. 1991 y. 3 yanvardan xoz. nomda. Oʻzbekiston va jahondagi sport voqealari, musobaqalarini, jismoniy madaniyat, sogʻlom turmush tarzi va olimpiada gʻoyalarini keng targʻib qilish gaz.ning asosiy vazifasidir. "Sogʻlom avlod uchun", "Dunyoga dovrugʻi doston", "Olimpiya umidlari", "Yashil maydon" kabi doimiy ruknlari bor. Gaz.larning keng ommalashuvida Hamid Tojiboyev, Erkin Jabborov, Yuriy Kovalev, Albert Nazaryans, Yevgeniy Romanika, Safar Ostonov, Tatyana Kistanova kabi jurnalistlarning hissasi katta boʻldi. 1993 yildan "Oʻzbekiston futboli" ilova gaz. ham chiqariladi. Gaz.lar taxririyati minifutbol boʻyicha ommaviy musobaqa tashkilotchisidir. "S."ning mamlakat viloyatlarida oʻz muxbirlari bor. Adadi — oʻzbekcha nashri 5 ming , ruscha nashri 2,5 ming (2004). Bosh muharriri Asliddin Boliyev.