Ar-Rifai tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ar-Rifai tumani

arabcha: قضاء الرفاعي
Tuman
31°43′14″N 46°6′28″E / 31.72056°N 46.10778°E / 31.72056; 46.10778 G OKoordinatalari: 31°43′14″N 46°6′28″E / 31.72056°N 46.10778°E / 31.72056; 46.10778 G O
Mamlakat Iroq
Muhofazot Zi Qar muhofazoti
Ar-Rifai tumani xaritada
Ar-Rifai tumani
Ar-Rifai tumani

Ar-Rifai tumani (arabcha: قضاء الرفاعي) Iroqning Zi Qar muhofazotidagi tuman. Nosiriyadan 80 km shimolda va Bagʻdoddan 300 km janubda joylashgan tuman. Tuman rifoiy so‘fiylik tariqati asoschisi Shayx Ahmad ar-Rifoiy sharafiga nomlangan. Uning tarkibiga tumanning maʼmuriy markazi Al-Rifai shahri hamda Al Nosir, Al-Fajir (ناحية الفجر) va Qalat Sukkar shaharchalari kiradi. Tuman aholisi soni 450,000 nafarni tashkil qilib, asosan arablar va shialardan iborat. Aholining asosiy mashgʻulotlari qishloq xoʻjaligi, kichik biznes va hukumat ishlari[1].

Ar-Rifai shahri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ar-Rifai shahri 1880-yilda tashkil etilgan. 19-asr oʻrtalarida qishloq xoʻjaligida hosildorlik moʻlligi, xususan, Hindistonga eksport qilingan bugʻdoy, arpa, xurmo va arab otlari tufayli shahar Iroqning turli hududlaridan savdogarlarni oʻziga jalb qilgan. Al-Gʻarraf daryosining ikkala qirgʻogʻida dastlab tarqoq uylar va siloslar qurilgan. Shahar 1928-yilda tuman sifatida qayta tashkil qilingan.

Garraf neft koni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garraf neft koni ar-Rafai tumanida, ar-Rafai shahridan taxminan 5 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Kon dastlab 1984-yilda oʻrganilgan[2]. Neft konining uzunligi 17,5 km, kengligi 5,5 km boʻlib[3], zahiralari 860 milliondan 1 milliard barrelgacha[4][5]. Qazib olinadigan neft yengil neft turiga kirib, API gravitatsiyasi 15° dan 36° gacha oʻzgarib turadi.

Garraf neft koni boshqaruvi 2009-yil dekabr oyida Litsenziyalashning ikkinchi bosqichida ikkinchi darajali hamkor sifatida Yaponiyaning Jappex kompaniyasi va Malayziya petronas boshchiligidagi konsorsiumga berildi. Shartnomaga koʻra, taklif qilingan ish haqi toʻlov kuniga 1,49 dollarni tashkil etib, „ishlab chiqarish maqsadi“ kuniga 150 000 barrel edi[6].

Shunday qilib, kelishuvga koʻra, Iroq hukumati South Oil Companyga qarashli boʻlgan Garraf neft konining 25% ulushiga, Petronas 45% va Japex 30% ulushga ega[5].

Shumer universiteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shumer universiteti Ar-Rafai shahrida 2011-yilda tashkil etilgan davlat universitetidir. Universitet qishloq xoʻjaligi kolleji, menejment va iqtisodiyot kolleji va asosiy taʼlim kolleji kabi uchta kollejdan iborat[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „جامعة سومر | نبذة تاريخية عن مدينة الرفاعي“. www.uos.edu.iq. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  2. "Petronas taking bids for Garraf oil line in Iraq Arabian Oil and Gas, 11 June 2012.
  3. "Garraf (Wayback Machine saytida 2015-09-25 sanasida arxivlangan) Iraq Energy, retrieved 12 December 2011.
  4. "Q&A: Garraf Oilfield Director Settar Mahdi Jabara Iraq Oil Report, 14 November 2012.
  5. 5,0 5,1 "Weatherford Wins $200m Project at Garraf Oil Field Iraq Business News, 20 October 2011.
  6. "Oil Stampede: Iraq's 2nd Bid Round Results (Wayback Machine saytida 2013-05-23 sanasida arxivlangan) Wikileaks, 14 December 2009.