Akre

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Akre yoki Aqrah (kurdcha: ئاکرێ [1] [2], arabcha: عقرة , [3] suryoniycha: ܥܩܪ [4]) – Shimoliy Iroqdagi bahsli shahar. Iroq hukumati uni rasman Ninava gubernatorligining bir qismi deb hisoblaydi. Kurdiston mintaqaviy hukumati esa uni Duxok gubernatorligining bir qismi deb biladi . Akre oʻzining Navroʻz bayrami bilan mashhur hisoblanadi[5][6].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Akre" nomi kurdcha „olov“ maʼnosini anglatuvchi „Agir“ soʻzidan kelib chiqqandir[7].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akredagi binolar, togʻli tik qiyaliklar bilan

Shahar miloddan avvalgi V asrda qurilgan va dunyodagi eng qadimgi tub aholi yashaydigan shaharlardan biridir. Midiyaliklar shaharni miloddan avvalgi 612-yildan 550 -yilgacha boshqarganlar. Zardushtiy shahzoda Zand shahar shahzodasi hisoblandi[7]. 115-yilda shahar imperator Trayan boshchiligida Rim nazoratiga oʻtdi va u shaharga gʻalaba haykali oʻrnatdi. Ammo, mahalliy aholi tezda qoʻzgʻolon koʻtarib, haykalni olib tashlashdi. 1133-yilda shaharga Zengiylar sulolasidan Imadiddin Zengiy bostirib kirdi va shaharning mudofaa devorini vayron qilishdi[7].

Shahar X asrdan beri kurdlarning humaydi qabilasining fifi urugʻi istiqomat qilishadi. Shu sababli Yoqut al-Hamaviy uning "Aqr al-Humaydiya" nomi bilan ham tanilganligini taʼkidlagan. XIV asrda yashagan Shihob al-Umariy ham yazidiy Dasniy qabilasi mavjudligini qayd etgan[8]. Bitlis knyazligining 1500 va 1700-yillardagi tanazzulga uchrashi, Bahdinanga Akre va uning atrofini olishga imkon berdi. Bahdinon 1833-yilda shaharni Soran amirligi amiri Muhammad Korga boy bergan edi[9]. Shaharni yoʻqotishdan oldin, shaharning Bahdinlar davri muhim madaniy va iqtisodiy oʻzgarishlar va qurilishlarni koʻrdi. Shahar devori ham alabaster bilan qayta qurilgan. XVIII asrda shahar Soran amirligining turli harbiy yurishlari qurboni boʻldi va oxir-oqibat 1833-yilda shaharni egallab oldi. Shahar strategik joylashuvi tufayli 1842-yilda Usmonlilar tomonidan bosib olinadi va 1918-yilgacha Usmonlilar hukmronligi ostida davom etdi. Bu davrda u Mosul viloyatining bir qismi sifatida boshqarilgan va nasroniylar, yahudiylar va musulmonlar istiqomat qilishgan[7].

20-asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

1924-yilda, aholining 90.4% kurdlar edi, 1931-yilga kelib aholi 64.7% kamaydi[10]. 1947-yilga kelib aholining 90% ni kurdlar tashkil etishdi[11].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Eppel, Michael (2018), „The Kurdish emirates“, Routledge Handbook on the Kurds, Routledge Handbooks Online, 35–47-bet, doi:10.4324/9781315627427-4, ISBN 978-1-138-64664-3, S2CID 186808301, qaraldi: 1 May 2020
  • Ismail, Shireen Y. (2015), Promoting integrated heritage conservation and management in Iraqi Kurdistan Region applicability of values-based approach the case study of Akre and Amedy City in Duhok Province., University of Dortmund

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Akrê- Ji ber bordûmana Tirkiyê 12 gund vala bûne“. Qaraldi: 2019-yil 18-dekabr.
  2. „ئاکرێ“ (ku).
  3. „رغم الجائحة.. نحو 700 ألف سائح دخلوا دهوك أغلبهم من بغداد ونينوى“ (ar). Qaraldi: 2020-yil 10-noyabr.
  4. Thomas A. Carlson et al., "ʿAqra – ܥܩܪ " in The Syriac Gazetteer last modified December 9, 2016, http://syriaca.org/place/25.
  5. „Fire lights the way for Kurds in Akre 'Kurdistan's Newroz capital'“. Rûdaw (2019-yil 21-mart). Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
  6. „Kurdistan mountaineering festival returns to 'Newroz capital' Akre“. Rûdaw (2019-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Ismail (2015).
  8. James, B. "Le " territoire tribal des Kurdes „ et l’Aire Iraqienne (Xe-XIIIe Siècles): Esquisse des Recompositions Spatiales.“ Revue des Mondes Musulmans et de la Méditerranée 117-118 (2007).101-126.
  9. Eppel (2018).
  10. Fuat Dundar (2012). British Use of Statistics in the Iraqi Kurdish Question (1919–1932). p. 44. https://www.brandeis.edu/crown/publications/papers/pdfs/cp7.pdf. Qaraldi: 12 November 2019. Akre]]
  11. C. J. Edmonds. Kurds, Turks and Arabs, Politics, Travel and Research in North-Eastern Iraq, 1919-1925. Oxford University Press, 1957 — 439 bet. 2019-yil 17-noyabrda qaraldi.