Anastasiya Juravlyova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anastasiya Sergeyevna Juravlyova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Tavallud paytidagi ismi Anastasiya Sergeyevna Kirbyateva
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 9-oktyabr 1981-yil (1981-10-09) (42 yosh)
Toshkent
Sport
Qaysi sport yengil atletikachi

Anastasiya Sergeyevna Juravlyova (asli Kirbyateva) (1981-yil 9-oktabrda tug'ilgan) — Oʻzbekiston yengil atletikachisi.

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshlangʻich maktabda ta’limni tennis boʻyicha oʻzlashtiradi. 18-sonli umumta’lim maktabiga oʻtgandan keyin yengil atletika boʻyicha murabbiy Valentina Aleksandrovna Lebedinskaya qoʻlida oʻrgana boshladi.

1998—2003-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti murabbiy-oʻqituvchi fakultetida tahsil oladi.

Uch hatlab sakrash va uzunlikka sakrashda xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga ega.

1998-yildan yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoasi a’zosi.

2002-yildan buyon Anastasiya Kazakov Valeriy Nikolayevich qoʻl ostida shugʻullanib keladi.

2004-yil mart oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining MHSKda shartnoma boʻyicha muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. Kichik serjant unvoniga ega.

2004, 2008 va 2012-yillarda uchta Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi sanaladi.

2003, 2005, 2007, 2011-yillarda va yopiq inshootlardagi jahon chempionatlari 2002, 2006-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Musobaqa Joy O'rin Sport turi Natija
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
1999 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati Singapur Singapur 4 Uch hatlab sakrash 12.71 m
2000 O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati Chili Santyago 24 Uzoqqa sakrash 5.52 m
24 Uch hatlab sakrash 11.96 m
2003 Markaziy Osiyo o'yinlari Tojikiston Dushanbe 1 Uzoqqa sakrash 6.28 m
1 Uch hatlab sakrash 13.55 m
Jahon chempionati Fransiya Parij 16 estafeta 4×100 m 45.74
- Uch hatlab sakrash NM
Osiyo chempionati Filippin Manila 1 Uzoqqa sakrash 6.53 m
2 Uch hatlab sakrash 14.21 m
2004 Yopiq inshootlardagi jahon chempionati Rossiya Moskva 20 Uch hatlab sakrash 13.92 m
Olimpiya o'yinlari Gretsiya Afina 27 Uzoqqa sakrash 6.39 m
27 Uch hatlab sakrash 13.64 m
2005 Jahon chempionati Finlandiya Helsinki 15 Uch hatlab sakrash 13.97 m
Osiyo chempionati Janubiy Koreya Inchxon 7 Uzoqqa sakrash 6.38 m
2 Uch hatlab sakrash 14.14 m
2006 Yopiq inshootlardagi jahon chempionati Rossiya Moskva 17 Uch hatlab sakrash 13.58 m
Jahon kubogi Gretsiya Afina 5 Uch hatlab sakrash 14.54 m
Азиатские игры Qatar Doʻha 2 Uch hatlab sakrash 14.26 m
2007 Jahon chempionati Yaponiya Osaka 27 Uch hatlab sakrash 13.31 m
2008 Olimpiya o'yinlari Xitoy Pekin 29 Uch hatlab sakrash 13.36 m
2010 Osiyo o'yinlari Xitoy Guanchjou 6 Uch hatlab sakrash 13.38 m
2011 Osiyo chempionati Yaponiya Kobe 5 Uch hatlab sakrash 13.88 m
Jahon chempionati Janubiy Koreya Tegu 18 Uch hatlab sakrash 14.00 m
2012 Olimpiya o'yinlari Birlashgan Qirollik London 29 Uch hatlab sakrash 13.54 m
2013 Osiyo chempionati Hindiston Puna 2 Uzoqqa sakrash 6.36 m
1 Uch hatlab sakrash 14.18 m
Jahon chempionati Rossiya Moskva 19 Uch hatlab sakrash 13.32 m
2014 Yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati Xitoy Xanchjou 5 Uzoqqa sakrash 6.15 m
1 Uch hatlab sakrash 13.60 m
Osiyo o'yinlari Janubiy Koreya Inchxon 7 Uch hatlab sakrash 13.64 m
2015 Osiyo chempionati Xitoy Uxan 12 Uzoqqa sakrash 5.92 m


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]