Tegu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tegu – Koreya Respublikasida Seul, Pusan va Inchxondan keyin kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi, maydoni 885,62 kvadrat kilometr, aholisi soni 2 512 604 kishidan iborat.

Tegu rasmiy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi shahar bo‘lib, Kyonsan-Pukto provinsiyasining bir qismi emas, balki uning poytaxti hisoblanadi. Tegu to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy hokimiyatga bo‘ysunadi.

Tegu – Shimoliy Yonnam hududining eng yirik shahri.

Shahar atrof-muhiti baland bo‘lmagan cho‘qqilar bilan o‘ralgan vodiyda joylashgan. Shaharning shimoliy va sharqiy qismlarida shahar g‘arbida joylashgan Naktongan daryosiga borib quyiladigan Kimxogan daryosi oqib o‘tadi.

Iqlimi mussonli.

Tegu joylashgan vodiy alohida mikro iqlimni saqlab turadi: Koreya yarimorolining boshqa qismlariga nisbatan yozda issiq, qishda sovuq.

Buddaviylar uchun bu shahar o‘ziga xos Makka, arxeologlar uchun – qazish ishlarini o‘tkazish uchun jozibador joy.

O‘z tarixi davomida Tegu Kimxogan va Naktongan daryolari kesishgan chorrahada joylashgani uchun yirik transportlar qatnov joyi hisoblangan.

Choson sulolasi davrida shahar Kyonsando hududining ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan, keyinchalik peshqadamlikni Pusan shahri ilib ketdi.

Tegu rayonidagi arxeologik qazilmalar eramizdan avvalgi 1500-3000 yillarda dafn etilganlar soniga qarab aholi sonining ko‘pligi aniqladi. Qadimgi matnlar guvohlik berishicha, Uch podshohlik davrida Tegu Delgubel deb nomlangan, bu haqdagi ma’lumotlar eramizdan avvalgi 261 yilgi manbalarda uchraydi.

Tarixga Delgubelning eramizdan avvalgi V asrda Silla tarkibiga kirganligi haqidagi ma’lumotdan tashqari qadimgi davri haqida hech narsa ma’lum emas.

Shahar 757 yildan boshlab Tegu deb nomlandi. 1601 yili Tegu Kyonsando provinsiyasining, 1896 yildan boshlab esa Kyonsan-Pukto provinsiyasining poytaxtiga aylandi.

Shahar arxitekturasi pragmatik va usullarning turfa xilligi bilan farq qilmaydi. Bu yerda Silla davlati poytaxti Kyonju shahri xarobalari mavjud.

Tegu va Chxondo o‘rtasida Pxaljoryon dovoni bo‘lib, dovon Choson sulolasi davrida Seul va Pusanni bog‘lab turuvchi asosiy yo‘l hisoblangan.

Nufuzli oliy o‘quv yurtlari : Kyonbuk davlat universiteti, Yenxam universitets, Kimyun universiteti.

Shaharning asosiy sanoat sohalari: to‘qimachilik yengil sanoati, metallurgiya va mashinasozlik.Https:/tegu