Xanchjou
Xanchjou — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar, Chjetszyan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,1 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Sharqiy Xitoy dengizi sohilidagi, Fuchuntszyan daryosi va Buyuk kanal boʻyidagi yirik port. Ipak sanoati markazi. Mashinasozlik, kimyo, rezina, oynashisha, sement, jut sanoati korxonalari mavjud. Choy qayta ishlanadi. Eksport uchun bambuk buyumlar va ipakchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. universitet bor. Iqlim kurorti. Shaharga 6-asrda asos solingan. 1129—1279 yillarda Jan. Sun sulolasi poytaxti boʻlib, Linan deb atalgan. Moʻgʻullar istilosi vaqtida vayron qilinib, 1356 yilda qayta qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Sixu koʻlining shim.da, Gushan togʻi yon bagʻrida oʻrta asrlarda qurilgan bogʻmeʼmorlik ansambli, shuningdek, budda ibodatxonasi, pagodalar saqlangan. Turizm rivojlangan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |