Afrigʻiylar madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Afrig‘iylar madaniyati - Xorazmdagi 48-asrlarga oid madaniyat, afrig‘iylar sulolasi nomi bilan bog‘liq. Afrigʻiylar madaniyatiga oid yodgorliklar 1937—40 yillarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganilgan. Afrigʻiylar madaniyati shakllanishida qo‘shni ko‘chmanchi qabilalar muhim rol o‘ynagan. Bu davrda antik hunarmandchilik markazi — qad. shaharlar inqirozga uchrab, siyosiy, 795iqtisodiy va madaniy hayot qishloqda, mulkdorlarning qo‘rg‘oni va qasrlari atrofida jonlangan. Burgut qal’a vohasida olib borilgan qazishmalar vaqtida sertarmoq sug‘orish kanali va ariqlar, dalalarning rejali joylashuvi aniqlangan. Katta-kichik turar joylar to‘p-to‘p joylashgan, katta yer egalarining qasrlari kanallar boshida bo‘lib, ular suv taqsimotini nazorat qilib turganlar. Xorazmda bu davr istehkomlari asosan paxsadan to‘rtburchak tarxda qurilgan, devori burjlar bilan mustahkamlangan, davra yoki to‘rtburchak tarhli (so‘nggi mudofaa minorasi) bo‘lgan. Yirik qal’alar (Yakka Porson, Qum qalʼa, Uy qalʼa, Teshikqala) mudofaa istehkomlariga ega bo‘lgan. Eng yirik istehkom — Burgut qalʼa (maydoni 6 ga dan oshiq) atrofida shahar vujudga kela boshlagan. Turar joylar daxliz, asosiy va yordamchi xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lgan. Imoratlarning tarhi, qiyofasi aholining ijtimoiy mavqeiga bog‘liq bo‘lganligi aniqlandi.Harobalardan mis tangalar, jez, qo‘lda va charxda yasalgan sopol idishlar (xum, ko‘zacha) siniqlari, bezak buyumlari, temirdan yasalgan dehqonchilik va hunarmandchilik qurollari (ketmon, o‘roq, pichoq va boshqalar), shoyi, ip, jun gazlama parchalari, uch parrakli temir paykonlar, xanjarlar, yorg‘uchoqlar, tegirmon toshlari, yozma yodgorliklar topilgan. Marhumlarni ostodon (sopol tobut)larda ko‘mish rasm bo‘lgan. Tarixiy manbalarda 8-asrga oid Kat, Hazorasp, Urganch sh. eslatib o‘tilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Afrigʻiylar madaniyati" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar[tahrir]

Tolstov S. P., Po drevnim del-tam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Nerazik Ye. Ye., Selskiye poseleniya afrigidskogo Xorezma, M., 1966; Nerazik Ye. Ye., Sel-skoye jilishe v Xorezme (I—XIV vv.), Trudi Xorezmskoy arxeologo-etnografi-cheskoy ekspeditsii, t. IX, M., 1976.