Kontent qismiga oʻtish

Ketmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ketmondehqonchilikda foydalaniladigan dastaki mehnat quroli. Ketmon metall (koʻpincha maxsus poʻlat)dan tayyorlangan ish qismi va yogʻoch dastadan iborat. Dasta oʻtadigan teshigi — zoʻgʻata, uning atrofi — girvon deyiladi. Qadimdan Oʻrta Osiyoda dehqonlarning asosiy ish quroli hisoblangan. Yer chopish, begona oʻtlarni yoʻqotish, yerni tekislash, egat olish, ekinlar tagini yumshatish, ariq qazish, tozalash va boshqa ishlarda qoʻllanadi.

Ketmon shakli, katta-kichikligi va ogʻirligiga koʻra har xil, shoʻnga koʻra mahalliy nomlar berilgan: masalan, qushnusxa, beshboʻlak, ulama, mardona, zaifona, bachkana ketmon va boshqalar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil