Abdurazzoq Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdurazzoq Samarqandiy, uning to‘liq ismi Kamoluddin Abdurazzoq ibn Jaloluddin Is’hoq Samarqandiy (1413—1482) bo‘Iib, Hirotdagi badavlat va nufuzli xonadonlarning biriga mansubdir.

Abdurazzoq yaxshi o‘qib, fiqh, tafsir, hadis, arab tili, g‘azal va tarix ilmlarini puxta egallagan o‘z zamonasining yetuk olimlaridan biri bo'lib yetishdi. Abdurazzoq Samarqandiy 1438-yili o'zining qozi Azizuddinning arab tili grammatikasining ba’zi masalalari, yuklama va olmoshni tadqiq etuvchi “Risolayi Azudiya” kitobiga bag'ishlangan sharhini yozib tamomladi. 1438 yildan boshlab to 1463-yilga qadar Abdurazzoq Samarqandiy dastlab Shohruh, so‘ngra Abulqosim Bobur (1451 — 1457) va boshqa Temuriy shahzodalarning saroyida xizmat qildi. Abdurazzoq Samarqandiy ko'proq xorijiy davlatlar bilan olib boriiadigan diplomatik yozishmalami hoziriash, shuningdek elchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan. Masalan, u Shohruh davrida 1441-yili Janubiy Hindistonga elchi qilib yuboriladi. Abdurazzoq Samarqandiy Hindiston safari vaqtida ko‘rganbilganlarini to'plab, bir xotira sifatida yozib qoldirgan va bu ma’lumot Temuriylar davlati bilan Hindistonning o ‘sha vaqtlardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, ayniqsa Hindistonning ijtimoiy va madaniy hayotini o'rganishda katta o ‘rin tutadi. 1458-yili Hirotni egallagan Sulton Abu Sa’id Mirzo uni 1463-yili Shohruh xonaqosiga shayx qilib tayinladi va Abdurazzoq Samarqandiy umrining oxirigacha o‘sha manzilda istiqomat qilib, asosan ilmiy ish bilan mashgʻul bo‘ldi. Abdurazzoq Samarqandiy yirik tarixchi olim sifatida ham nom qoldirdi. U Matla’us-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn deb ataluvchi asari bilan mashhur bo‘ldi. Kitob 1467—1470-yillar orasida yakunlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.