Gilon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gilon, Gelon — Erondagi tarixiy viloyat. Kaspiy dengizining jan.-gʻarbiy sohilida joylashgan. Mil.av. 8-a. — mil. 6-a.larda G. hududida gel qabi-lasi (hoz. gilonlar ajdodi, viloyat nomi ham shundan olingan) yashagan. 8—9-a.larda G.ni arablar bosib olgan. 1307—70 y.lar moʻgʻullarga tobe boʻlgan. 1370 y.dan 16-a.gacha G.ning sharqiy qismi — Loxijonda Saidlar davlati boʻlgan. G.ning asosiy qismi 1385 y.dan Amir Temur va Temuriylar davlati, 16-a. boshidan Eron safaviylari tarkibida. Eron inqilobi (1905-11) va 1918-21 y.larda Erondagi milliy ozodlik harakatining muhim markazi boʻlgan. Xususan, G.ning Resht sh.da Gilon respublikasi, mavjud boʻlgan. G. Eronning eng boy viloyatlaridan biri boʻlib, oʻrta asrlarda ayniqsa oʻzining ipagi bilan shuhrat qozongan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil