Xalil Sulton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xalil sulton (1384-1411.4.11) -temuriylardan boʻlgan Movarounnahr hukmdori (140509). Amir Temurnint nabirasi. Mironshohnit oʻtli. Saroymulkxonim (Bibixonim) tarbiya qilgan. 15 yoshli X.S. Sohibqironning Hindistonga kilgan yurishida (13991400) qatnashib katta jasorat koʻrsatgan. Kuyi tabaqadan chiqqan Shodimulkka uylanishi bilan Amir Temurning gʻazabiga uchragan, soʻng kechirilgan. Sohibqironning Xitoyga kilgan yurishida X.S. qoʻshinning oʻng qanoti boshligʻi etib tayinlangan. 1405 y. Amir Temur vafot etgach, Movarounnaxr taxtini egallagan. Oʻziga qarshi bosh koʻtargan amirlar (Xudoydod, Olloxdod, Shayx Nuriddin va boshqalar)ga qarshi betinim kurashgan. Davlat xazinasini behuda sarflab, hokimiyatni boshqarishda xotinining soʻzlariga amal qilgan. Saroydagi katta mansablarga tasodifiy kishilar tayiilangan. Bu boshqa temuriylarning qattiq noroziligiga uchragan. Xuroson hukmdori Shohrux katta qoʻshin bilan Movarounnaxrga yurish qilib, Samarqandni egallagan. Shohrux bilan tuzilgan shartnoma (1409) natijasida Movarounnahrdan voz kechgan. X.S.ga Ray berilgan. Umrining oxirigacha shu yerda yashagan. X.S. vafot etgach, Shodimulk ham oʻzini oʻddirgan.