Abdurahimbiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdurahimbiy, Abdurahimxon (1700-1733, Xoʻjand) — Qoʻqon xoni (1721-33). oʻzbeklarning Ming sulolasidan. Shohruxbiy oʻgʻli. 1725 yil Buxoro xonligining zaiflashganidan foydalanib, 20 ming kishilik qoʻshin bilan Xoʻjandni, 1726 yil esa Oʻratepani, 1732 yil Samarqandni egallagan. Shahrisabz hokimi Olimbek valineʼmaning (boshqa manbalarga koʻra Ibrohim otaliq kenagasning) qizi Oychuchuk oyimni oʻz nikohiga olgan. Shahrisabzlik kenagaslar bilan ittifoq tuzib, Abdurahimbiy Samarqandda olti oy turgach, Fargʻonaga qaytgan. 1733-yil suiqasd natijasida oʻldirilgan. Abdurahimbiy oʻlimidan soʻng Qoʻqon xonligi zabt etilgan hududlardan ajragan. Abdurahimbiy davrida Qoʻqonda qal’a qurilgan boʻlib, u hozirgi „Eski qoʻrgʻon“ deb ataladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996; I brat, Fargʻona tarixi, T., 1991.