Muhammad Alixon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhammad Ali-xondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Muhammad Alixon (taxminan 1803/ 06-1842, Qoʻqon), (1822-1841), Minglar sulolasidan Oʻzbek hukmdori, Qoʻqon xoni. Umarxon va Nodiraning oʻgʻli. Otasi Umarxon vafotidan keyin 13 yoshida taxtga oʻtirgan. Hukmronlik davrida xonlik hududini kengaytirishga uringan. Qorategin butunlay, Darvoz, Shugʻnon, Roshan, Vohonfaqat nomigagina zabt etilgan. 1829-yilda Qashqarga yurish qilgan. Uning bu harakatidan foydalangan Qashqar musulmonlari xitoylarga qarshi bosh koʻtargan. Magʻlub boʻlgan uygʻurlardan 70 mingi Muhammad Alixon bilan birga qaytib, Qoʻqon xonligidagi shaharlarga (jumladan, Toshkentga) joylashtirilgan. Muhammad Alixon Qashqarga qilgan qayta-qayta hujumi natijasida Sharqiy Turkiston shaharlaridan boj yigʻish huquqini olgan. Muhammad Alixon hukmronligi davrida sugʻorish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent yaqinida Xonariq qazilgan. Toshkent hokimi Lashkar qushbegi Muhammad Alixonning yaqin maslahatchisi boʻlib qolgan. Rossiya bilan savdo va diplomatik aloqalar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. 1828-yilda Qoʻqondan Sankt-Peterburgga elchilar boradi va ular yaxshi kutib olinadi. 1830-yilda Qoʻqonga Rossiya elchisi xorunjiy Potanin keladi.

Muhammad Alixonning hukmronlik davrida Qoʻqon-Buxoro munosabatlari keskin yomonlashadi. Ular orasida boʻlib oʻtgan urushlar natijasida Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqon qoʻshinini tor-mor qiladi. Muhammad Alixon oʻzini noiloj amirning noibi deb eʼtirof qiladi. Oradan ikki yil oʻtgach, 1841-yilning oktyabrida Qoʻqonda xon zulmiga qarshi xalq qoʻzgʻoloni koʻtariladi.

Muhammad Alixon 1841-yil noyabrda ukasi Sulton mahmud foydasiga taxtdan voz kechadi, shunday boʻlsa ham 1842-yilda aprelda Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni zabt etdi va Muhammad Alixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirani qatl ettiradi.

Muhammad Alixon gʻazallar yozgan, uning buyrigʻiga binoan, xattotlar Alisher Navoiy asarlarini miniatyuralar bilan bezatib koʻchirgan, koʻplab tarixiy asarlar fors va arab tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Muhammad Alixon davrida maktab va madrasalar qurilgan (masalan, Madalixon madrasasi), Qoʻqonning eski oʻrdasi taʼmirlangan.

Muhammad Alixonning hukmronlik davrida Qoʻqon—Buxoro munosabatlari keskin yomonlashadi. Ular orasida boʻlib oʻtgan urushlar natijasida Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqon qoʻshinini tormor qiladi. Muhammad Alixon oʻzini noiloj amirning noibi deb eʼtirof qiladi. Oradan ikki yil oʻtgach, 1841 yil oktabrda Qoʻqonda xon zulmiga qarshi xalq qoʻzgʻoloni koʻtariladi.

Muhammad Alixon ichkilikbozlik va axloqsizlikka beriladi. Buxoro—Qoʻqon oʻrtasidagi munosabatlar yemonlashuvi va tez-tez takrorlanib turadigan harbiy toʻqnashuvlar shunga olib keldiki, Muhammad Alixon 1841-yil noyabrda ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechadi, shundayboʻlsa ham 1842-yil aprelda Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni zabt etdi va Muhammad Alixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodira begimni qatl ettiradi.

Muhammad Alixon gʻazallar yozgan, uning buyrugʻiga binoan, xattotlar Alisher Navoiy asarlarini miniatyuralar bilan bezatib koʻchirishgan, koʻplab tarixiy asarlar fors va arab tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Muhammad Alixon davrida maktab va madrasalar qurilgan (masalan, Madalixon madrasasi), Qoʻqonning eski oʻrdasi taʼmirlangan.[1]

Adabiyot[tahrir]

  • AbdulAziz. „Ziyo istagan qalblar uchun — Muhammad Alixon“. www.ziyouz.com. Retrieved 2017-10-30.
  • Mirzoolim Mushrif, Qoʻqon xonligi tarixi, T., 1995; Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996; Nabiyev R. N., Iz istorii Kokandskogo xanstva, T., 1973.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil