Mallaxon
- Vikipediyada ismi Malla boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Sayyid Bahodir Muhammad Mallaxon (taxminan 1830-1862) – Qoʻqon xonligining oʻn ikkinchi xoni, oʻzbeklarning minglar urugʻi vakili. Sheralixonning katta oʻgʻli, Xudoyorxonning akasi.
Hokimiyatga kelishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻqon xonligini siyosatida muhim rol oʻynagan qipchoqlar hamda ularning rahnamosi – Musulmonqul hokimiyatdan chetlatilgandan soʻng Xudoyorxon oʻzi mustaqil davlatni boshqara boshlaydi. Uning davrida xalqqa nisbatan zulm-zoʻravonlik kuchayadi. Ommaga qaratilgan qiynoqlar va adolatsizliklar bois Xudoyorxon ham taxtida uzoq qola olmadi. Xalqning noroziligidan foydalangan Xudoyorxonning akasi – Mallaxon ukasiga qarshi isyon koʻtaradi va 1858-yilda Qoʻqon taxtini egallaydi. Xudoyorxon Buxoroga qochib ketadi. Mallaxonni qipchoqlar, qirgʻizlar qoʻllab-quvvatladilar va uning taxtga oʻtirishi orqali hokimiyat tepasiga keladilar.
Mallaxonning hukmronlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mallaxon oʻz hukmronligi davrida (1858-1862) Qorateginni oʻziga tobe qi lib oladi. Bu davrda Buxoro amiri Qoʻqon xon- ligining Xoʻjandgacha boʻlgan hududlarini egal lab olgan edi. Endi u Qoʻqondagi ichki oʻzaro nizolardan foydalanib Qorateginni qoʻlga kiritish maqsadida bu yerga Xudoyorxon boshchiligi- da qoʻshin yuboradi. Mallaxon vaziyatning ogʻir ekanligini tushunib Margʻilon hokimi Qanoat- shoh rahbarligida Qorateginga qoʻshin joʻnatadi. Qorategin hokimi Muzaffarxon (tojik) va Xudoyorxon boshchiligidagi lashkar tor-mor qilinadi.
1860-yilda Mallaxon chor askarlariga qarshi himoyalanish maqsadida Toshkentga keladi. Bu yerdan u Rustambek va Nurmuhammad boshchi- ligida qoʻshin tuzib ruslarga qarshi yuboradi. Ular ruslarning kichik bir otryadi bilan jang qilib, bir necha asirlarni olib orqaga qaytadilar. Shundan soʻng rus qoʻshinlari Toʻqmoq va Pishpakka hujum qiladilar, bu joylarni vayron qilib xalqni taladilar. Mallaxon yana qoʻshin toʻplab himoya choralarini koʻrishga majbur boʻladi. Boʻlgan voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan Mulla Niyoz Muhammadning bergan maʼlumotlariga qaragan- da, Andijon hokimi Olimbek dodxoh va yoʻlda unga qoʻshilgan Toshkent hokimi Qanoatshoh rahbarligida 19 ming kishilik Qoʻqon qoʻshinlari yoʻlga chiqdilar. Ular Olmaota, Toʻqmoq va Ash- takni egallab ilgari intilayotgan rus qoʻshinlarining harakatini toʻxtatishlari kerak edi. Qoʻqon qoʻshinlari rus askarlarini oʻrab oldilar. Shu paytda qoʻshinga qoʻmondonlik masalasida Qanoat- shoh bilan Olimbek oʻrtasida kelishmovchilik chiqadi. Olimbek sotqinlarcha orqaga chekinadi. Qozoqlar ham jang maydonini tashlab chiqdilar. Jang davom etadi. Qanoatshoh Pishpek qal’asini egallaydi. U Olmota, Ashtak hududlarida yashovchi aholining bir qismini Pishpek, Marka, Avliyoota tumanlariga koʻchiradi va qolgan kuchlarni orqaga qaytaradi. Oʻzi esa Pishpekni himoya qilish maqsadida bu yerda qoladi. Mulla Niyoz Muhammadning hikoya qilishicha Qanoatshoh ruslarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish oʻrniga qozoqlarni talash bilan ovora boʻladi. Manbalarda yozilishicha, qozoqlarning qabila boshliqlaridan biri Tursunboy sovgʻa-salomlar bilan Qanoatshoh oldiga kelib: „biz, musulmonlar sizning zulmingiz va siquvingiz tufayli kofir-ruslarga qoʻshildik“ maʼnosidagi nomani bayon etgan[]
Mallaxonning hukmronligining yakun topishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mallaxon ham Qoʻqon taxtida uzoq qola olmadi. U 1862-yilda uyushtirilgan saroy toʻntarilishi oqibatida hokimiyatdan mahrum boʻladi va boshi tanasidan judo qilinadi. Taxtga Sarimsoqbekning oʻgʻli, Sheralixonning nabirasi Shohmurod oʻtiradi. Bu hodisa Qoʻqon xonligida va uning tashqarisida ziddiyatli vaziyatning kuchayishiga sabab boʻladi. Mallaxonning oʻldirilishi voqealariga uning shaxsiy tabibi Asadullabek guvoh boʻlgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996;
- Bababekov X. N., Narodnie dvijeniya v Kokandskom xanstve i ix sotsialno-ekonomicheskiye i politicheskiye predposilki, T., 1990;
- Beysembiyev T. K., Tarixi Shaxruxi, Alma-Ata, 1987;
- Nabiyev R. N ., Iz istorii Kokandskogo xanstva, T., 1973;
- Shamsutdinov R., Karimov Sh., Hoshimov S., Vatan tarixi, T., 2020.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |