Suiqasd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Suiqasd — keng maʼnoda — jinoyat sodir qilish bosqichlaridan biri; aybdorga bogʻliq boʻlmagan sabablar bilan oxiriga yetkazilmagan, qasddan qilingan harakat. Aybdor oʻz maqsadini qanchalik amalga oshirganligiga qarab S. tugallangan va tugallanmagan S.ga boʻlinadi. Jinoyat sodir etishga S. qilganlik uchun jinoiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 25moddasiga havola etilib, ushbu Kodeksning tamom boʻlgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi.

Tor maʼnoda — biron kimsani yoʻq qilish, oʻldirish uchun qilingan harakat tushuniladi (mas, podshohga S. qilish). Shuningdek, oʻz joniga S. qilish maʼnosida ham keladi. S. islomda qattiq qoralanadi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisga koʻra, ikki musulmon birbiriga qilich solsa, oʻlgan ham, oʻldirgan ham qattiq gunohkor boʻlishi, oʻldirilgan odam S. qilgani tufayli gunoxda qotil bilan barobar boʻlishi taʼkidlangan.