Nasriddinbek, Nasriddin xon (1850, Qoʻqon —1876-yildan soʻng, Toshkent), — Qoʻqon xoni (1875-yil iyul—oktabr). Andijon xrkimi (1865— 75). Xudoyorxonning katta oʻgʻli. "Poʻlat-xon" qoʻzgʻoloni davrida Abduraxmon of-tobachi boshliq bir necha amaldorlar tomonidan otasiga qarshi uyushtirilgan fitnada qatnashgan va Toshkentga qochib ketgan Xudoyorxon oʻrniga xon qilib koʻtarilgan. K.P. Kaufman 1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbekni Margʻilonda ogʻir shartlar bitilgan shartnomaga imzo chekishga majbur qiladi. Unga koʻra, N. oʻzini Rossiya vassali deb tan olgan. Sirda-ryoning oʻng sohilidagi yerlar Namangan va Chuyet shaharlari bilan birga Rossiya ixtiyoriga oʻtishi va 2 mln. rubl miqdorida kontributsiya (tovon) toʻlanishi lozim boʻlgan. Mazkur bitimdan norozi boʻlgan xalq qoʻzgʻolon koʻtargan va 9-oktabrda qoʻzgʻolonchilar Qoʻqonni egallashgan. Nasriddinbek Xoʻjand orqali Toshkentga kelgan. Nasriddinbek Andijonda muhtasham Madrasa va jome masjidi qurdirgan.