Abdulkarimbiy
Abdulkarimbiy | |
---|---|
Saltanat | 1734 — 1750 |
Oʻtmishdoshi | Abdurahimbiy (1721—1733) |
Davomchisi |
|
Tugʻilishi |
1701 yoki 1703 yoki 1706 Qoʻqon Buxoro xonligi |
Vafoti |
1750 Qoʻqon xonligi |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Sulola | Minglar |
Otasi | Shohruxbiy |
Onasi | Tolgʻanoy Oyim |
Dini | Islom |
Abdulkarimbiy – (Abdulkarim-xon (1710—1750)), Qoʻqon xoni (1733—1750), oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub, Shohruxbiyning oʻgʻli. Akasi Abdurahimbiy vafot etgach (1733), taxtga oʻtirgan. Xonlik oʻrdasini Qoʻqon yaqinidagi Tepaqoʻrgʻondan Qoʻqonga koʻchirgan. 1746-yil Oʻratepa hokimi Fozilbiy yordamida qalmoqlar hujumini qaytargan. Abdulkarimbiy Qoʻqon shahrida saroy, Madrasa, bozor va Isfara, Qatagʻon, Margʻilon, Toshkent, Haydarbek nomli shahar darvozalarini qurdirgan[1].
Qoʻqon xonligidagi oʻzbeklarning[2] Ming sulolasidan boʻlgan uchinchi hukmdor boʻlgan Abdulkarimbiy 1734-yildan boshlab hukmronlik qilgan. Abdukarimbiy 1734-yilda vafotidan keyin Qoʻqon xonligida hokimiyatni meros qilib olgan Abdurahimbiyning ukasi boʻlgan.
Hukmronlik qilgan davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]1733—1750 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Abdulkarimbiy ibn Shohruhbiy asosiy etiborini mudofaa masalalariga qaratadi. Abdulkarimbiy 1740-yilda Qoʻqonni yangi devor bilan oʻrab olishni buyurdi, bu keyinchalik shaharni jungʻorlar bosqinidan himoya qilishga yordam berdi. 1740-yilda Abdukarimbiy oldiga qozoqlarning buyuk biylaridan biri Tolebiy barcha qarindoshlari bilan jungʻorlardan qochib keladi. Jungʻorlar rahbari Galdan-Tseren Tolebiyni ekstraditsiya qilishni talab qiladi, lekin Abdukarimbiy jungʻor elchilarini haydab yuboradi[3]. 1745—1747-yillarda Qoʻqon xonligi jungʻorlar tomonidan bosqinga uchraydi. Jungʻorlar Oʻsh, Andijon, Margʻilonni egallab, Qoʻqonni qamal qiladi. Jiddiy pallada Abdurahimbiy harbiy tashkilotchi isteʼdodini namoyon etadi. Jungʻor dushmanlarini poytaxtdan quvib chiqadi[4]. Jungʻor tajovuzi mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi va davlatning siyosiy markazlashuvini kechiktiradi. Abdulkarimbiy qalmoqlarga qarshi kurashda qirgʻiz-qipchoqlar va Oʻratepa hokimi Fozilbiy yuz yordamiga tayanib, xonlik mustaqilligini saqlab qoladi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulkarimbiy 1750-yilda vafot etgan. Hukmdorning vafotidan soʻng xonlik taxtiga uning oʻgʻli Abdurahmon oʻtirdi. Ammo, u taxtga toʻqqiz oy oʻtirib, soʻng Margʻilonga hokim etib joʻnatildi hamda taxni Abdurahimbiyning ikkinchi oʻgʻli Erdonabiy egalladi. 1753-yilda qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qoʻlida garov sifatida ushlab turilgan Bobobek xonlik taxtiga koʻtarildi. Lekin, oradan bir yil ham oʻtmay Oʻratepa yurishi vaqtida Bobobek Beshariqda oʻldirildi hamda Erdonabiy (1755—1769) yana Qoʻqon taxtiga oʻtirdi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ad.: Beysembiyev T. K., Tarixi Shax-ruxi, Alma-Ata, 1987; Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996.
- ↑ Bosworth C. E. The new Islamic dynasties. A chronological and genealogical manual. N. Y., 1996. R. 295
- ↑ Moiseev V. A., Djungarskoe xanstvo i kazaxi (XVII—XVIII vv.). Alma-ata, 1991.s.172-173
- ↑ Istoriya Uzbekistana. Tom 3. – Toshkent, 1993. – 206 bet.
- ↑ Bohodir Eshov. „Qo‘qon xonligi“. «O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi», Toshkent-2012. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |