Abdolbobo maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdolbobo maqbarasi

Abdolbobo maqbarasi - Xivadagi me’moriy yodgorlik (1819- a. lar). Ichan qal’aning sharqiy darvoza-si tashqarisida joylashgan. Atrofida minora, masjid, hovuzdan iborat maj-mua barpo qilingan. Maqbara murabba tarxli bir xona (tashqi 5,7×5,4 m, ichki tomoni 3,4×3,4 m) dan iborat, gumbaz tomli. Gumbaz osti bag‘allari ikki qator muqarnaslar bilan bezatilgan. Peshtog‘i maqbara bilan tutashib ketgan. Uning te-pasiga ikki qatorli g‘ishtin sharafalar ishlangan. Masjid (17,2×8 m) chortoq targ‘li, ikki ustunli, o‘ng va ters ayvon-li, shifti to‘sinli, minora (ost diame-tri 3,45 m, bal. 10 m)ning tepasi meza-nali, tanasi yashil koshin belbog‘lar bilan bezatilgan. Chorsi hovuzning (14,6×13 m) cheti pog‘onali.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil