Tugʻon Turk maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tugʻon Turk maqbarasi
Toʻgʻon Turk maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obyekt
Turi Maqbara
Manzili „Ichan-qalʼa“ MFY, Zargarlar koʻchasi, 19-uy
Shahar Xiva shahri
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°23′23″N 60°20′29″E / 41.38962015885583°N 60.34149581161555°E / 41.38962015885583; 60.34149581161555 G OKoordinatalari: 41°23′23″N 60°20′29″E / 41.38962015885583°N 60.34149581161555°E / 41.38962015885583; 60.34149581161555 G O
Qurilishi tugagan XIX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Tugʻon Turk maqbarasi xaritada

Tugʻon Turk maqbarasi (yoki Toʻgʻon Turk maqbarasi) – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Maqbara XIX asrga oid boʻlib, bugungi kunda „Ichan-qalʼa“ MFY, Zargarlar koʻchasi, 19-uyda joylashgan. Obyekt Toshhovli saroyining shimolida aholi yashab turgan mahalla ichida joylashgan bir gumbazli imoratdir.

Tugʻon Turk maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].

Qurilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara Ichan qalʼa yaqinida joylashgan Zargarlar koʻchasida, Toshhovli saroyining shimoli-gʻarbiy burchagida joylashgan. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, maqbara asli turk musulmonlaridan boʻlgan va 712-yili Xorazmni zabt etgan Qutba ibn Muslimning Xorazmga yuborgan elchilaridan biri boʻlgan Toʻgʻon Turk sharafiga bunyod etilgan. XIII asr boshlarida Chingizxon qoʻshinlari deyarli butun shaharni vayron etganida maqbaraga ham jiddiy zarar yetgan. Maqbara XIX asrda qayta qurilgan[3][4].

Maqbara binosining poydevori yer sathidan bir metr chuqurlikka qadar yetib boradi. Bunga sabab qilib maqbara binosining qadimiy ekanligi koʻrsatiladi. Toʻgʻon Turk ota haqidagi maʼlumotlar bizgacha yetib kelmagan. Xiva xonligining tarixchisi Muhammad Yusuf Bayoniyning yozishicha, uning qabri Koʻhna Ark saroyining ichida joylashgan. Boshqa bir tarixchining yozishicha, u turkiy qabilalardan boʻlib, Abu Muslim Xurosoniy qoʻl ostida harbiy sarkarda boʻlib xizmat qilgan. Abu Muslim Xurosoniy Fargʻonada oʻldirilmoqchi boʻlganidan keyin Xorazmga qochib kelgan va umrining soʻnggi yillarini shu yerda oʻtkazgan. Uning vafotidan keyin shahar aholisi Toʻgʻon ota sharafiga maqbara bunyod etishgan[5][6].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]