Yusuf Hamadoniy maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yusuf Hamadoniy maqbarasi
Muqobil nomlari Ulli Pir
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obyekt
Turi Maqbara
Manzili Beshmergan QFY
Shahar Shovot tumani
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°39′42″N 60°23′03″E / 41.66171784729066°N 60.38417089628575°E / 41.66171784729066; 60.38417089628575 G OKoordinatalari: 41°39′42″N 60°23′03″E / 41.66171784729066°N 60.38417089628575°E / 41.66171784729066; 60.38417089628575 G O
Qurilishi boshlangan XIX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Balandligi
Balandligi 36,45 m
Binoning ichki maydoni 6X13 m
Map
Poyanda maqbarasi xaritada

Yusuf Hamadoniy maqbarasi (yoki Ulli Pir) — XIX asrga tegishli boʻlgan va Shovot tumanining Beshmergan qishlogʻida joylashgan tarixiy obyekt[1]. Tarixiy obyekt Yusuf Hamadoniy majmuasinining asosini tashkil etadi. Bu yerda hamadonlik boy savdogar Xoji Yusuf dafn etilgan.

Yusuf Hamadoniy maqbarasi davlat mulkiga tegishli. U Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi bilan berilgan[2].

Maqbara meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino tepalikning ustiga qurilganligi sababli uzoqdan ham koʻrinib turadi. Maqbaraning maydoni 6x13 metrlik hududni egallaydi. Bino noyob meʼmoriy va dizayn uslubiga egaligi bilan ajralib turadi[3].

Yusuf Hamadoniy shaxsi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yusuf Hamadoniy Ahmad Yassaviy va Abduxoliq Gʻijduvoniyga ustozlik qilgan shaxs hisoblanadi[4]. Yusuf Hamadoniy „Xojagon-naqshbandiya“ tariqatining ayrim qoidalarini ishlab chiqqanligi bilan tanilgan. Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Xoja Abdulloh Barraqiy Xorazmiy, Ahmad Yassaviy va Abduxoliq Gʻijduvoniy Yusuf Hamadoniydan soʻng uning xalifalari sifatida muridlariga peshvolik qilgan. „Rutbat ul-hayot“, „Kashf“, „Risola dar odobi tariqat“, „Risola dar axloq va munojot“ kabi asarlari mavjud[5].

Xayriya pullari bilan bogʻliq surishtiruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 4-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali quyida keltirilgan xabarlar tarqalgan va keng muokamalarga sabab boʻlgan:

Xorazm viloyati Shovot tumanidan yozmoqdaman. Beshmergan mahallasida joylashgan Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi ehson qutisiga tashlangan hayriya pullari oʻgʻirlangan degan gumondaman. Ushbu holatni taftish etishlarini soʻrayman.

Ammo, IIV eʼlon qilingan xabarga koʻra, surishtiruv bilan bogʻliq jarayon davomida zakot, fitr va boshqa xayriya pullarini o‘g‘irlanishi kabi holatlar aniqlanmagan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]