Kontent qismiga oʻtish

Abaqa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abaqa
Tavalludi 27-fevral 1234
Vafoti 1-aprel 1282[1]
Fuqaroligi Moʻgʻullar davlati
Otasi Huloku
Onasi Doquz xotun

Abaqa, Abaqaxon (1234.3, Moʻgʻuliston – 1282.1.4, Shaxu) – elxon, hulo-kuiylardan boʻlgan Eron hukmdori (1265-1282). Eronga 1256-yil otasi Huloku bilan birga kelgan. Otasi vafotidan soʻng elxon etib saylangan, lekin ulugʻ qoon Xubilay tomonidan faqat 5 yildan soʻnggina tasdiqlangan. Misr mamluklari bilan olib borilgan urushni besa-mara davom ettirgan. 1266-yil A. Shimoliy dan Dashti Qipchoqdan boʻladigan hujumni qaytarish maqsadida Kura daryosining shimoliy qirgʻogʻida mudofaa devori bunyod etishga buyurgan; Kavkaz xalqlari uning vaziri Shamsiddin tomonidan 1278-yil tobe ettirilgan. Umumiy dushmanni bartaraf qilish uchun Abaqa mamluklarning dushmanlari boʻlgan yevropalik xristianlar bilan aloqa bogʻlashga uringan; uning elchilari 1274-yil Lion, 1277-yil Rimda boʻlgan. Yevropada bu saʼyhara-katlar xursandchilik bilan qabul qilingan. Abaqa Angliya qiroli Eduard I (1274) va papalar Klement IV (1267), Grigoriy X (1274) va Nikolay III (1277) lardan noma olgan. A. 1265-yil yunon malikasiga uylangan. Biroq Misrga qarshi umumiy yurish amalga oshmagan. Mamluklar Kichik Osiyoning bir qismini qisqa muddatga bosib olishga erishganlar (1277) va Elbiston yonidagi jangda moʻgʻul qoʻshinyni tormor qilganlar. 1280-yil moʻgʻullar Suriyaga bosib kirib Halabni vayron etishgan. Biroq 1281-yil Abaqaning ukasi Mangu Temur Xama va Xims oraligʻida mamluklardan qattiq zarbaga uchragan. Abaqa qoʻshinlari Sharqda aksincha muvaffaqiyatli kurash olib borganlar. 1270-yil mamlakatga bostirib kirgan Baroq boshchiligidagi Chigʻatoy ulusi qoʻshinlari Hirot yaqinida tormor etilgan. Bunday bosqinlarga barham berish uchun Abaqa 1273-yil Movarounnahrdagi tartibsizliklardan foydalanib Buxoro shahrini vayron qilishni buyurgan[2].

  1. (unspecified title)
  2. Bartold V. V., Abaka, Sochineniya, t.7, M., 1971.