Koʻra
| Koʻra | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 1 360 |
| Suv sarfi | 443 m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Turkiya, Gurjiston va Ozarbayjon |
| Koʻra | |
Koʻra yoki Kura (turkcha: Kura, ozarbayjoncha: Kür, gruzincha: მტკვარი[1], armancha: Կուր[2])— Kavkazortidagi daryo.
Uzunligi 1364 km, havzasining maydoni 188 ming km². Old Osiyo togʻligining gʻarbiy qismidan boshlanib, asosan, Gruziya va Ozarbayjon hududlaridan oqib oʻtadi va Kaspiy dengiziga delta (maydoni 100 km²) hosil qilib quyiladi. Koʻra yuqori oqimida togʻlar orasidan shiddat bilan oqadi. Tbilisi shahridan quyida Koʻra vodiysi kengayadi. Koʻraning quyilish joyidan 236 km yuqorida unga oʻngdan Araks daryosi quyiladi.
Qor-yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 575 m³/sek. Quyi qismida kema qatnaydi. Suvi sugʻorishga sarflanadi. Suvining bir qismi kanal orqali Araksga oqiziladi. Koʻrada Zemo-Avchala, Mingechaur (suv omborlari bilan) GESlari qurilgan. Daryo deltasida baliq ovlanadi.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Инструкция по русской передаче географических названий Грузинской ССР. — M., 1972. — С. 9.
- ↑ Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов. — M. : Большая российская энциклопедия, 2004—2017.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Gidrologiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |