Eduard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eduard — ingliz qirollari nomi:Eduard I (1239.17.6 1307.7.7) 1272-yildan qirol. Plantagenetlar sulolasidan. Otasi qirol Genrix III vafotidan soʻng taxtga chiqqan. E.1 davrida parlamentni muntazam chaqirib turish amaliyoti joriy qilingan, bu Angliyada tabaqaviyvakillik monarxiyasi shakllanayotganidan darak bergan. E.1 davrida Uels zoʻrlik bilan Angliyaga qoʻshib olingan (1284). E.1 ning Shotlandiyani bosib olish uchun qilgan harakatlari (1286-yildan boshlab) shotland xalqining qattiq qarshiligiga duch kelgan. E.1 Shotlandiyaga navbatdagi yurishi chogʻida vafot etgan.

Eduard III (1312.13.11-1377.21.6) — 1327-yildan qirol. Plantagenetlar sulolasidan. Dastlabki yillarda barcha hokimiyat beva qirolicha Izabella va uning jazmani Mortimer qoʻlida boʻlgan. 1330-yildan mustaqil hukmron. 1337-yil Fransiyaga urush eʼlon qilgan (qarang Yuz yillik urush).

Eduard IV (1442.28.1-483.9.4) 1461—83 yillarda qirol (1470-yil oktabr — 1471-yil apreldan tashqari). Yorklar sulolasining 1-vakili. Qizil va Oq gullar urushi jarayonida Genrix VI Lankasterni taxtdan agʻdarib hokimiyatni egallab olgan. Qirolligining dastlabki davrida davlat ishlarida graf Uorvikning roli katta boʻlgan. Biroq E.IVning mulkdor zodagonlar mavqeini pasaytirishga boʻlgan harakati natijasida Uorvik va boshqalar lankasterlar tomoniga oʻtib ketgan. 1470-yil oktabrda E.IV taxtdan tushirilgan. 1471-yil aprelda Barnet va may oyida Tyuksberi yonida lankasterlar qoʻshinini yengib taxtni qayta egallagan. E.IV siyosatida, asosan, oʻrta dvoryanlarga tayangan. yirik mulkdorlarning yerlarini musodara qilgan. Ingliz sanoati (asosan. jun toʻqish va savdo)ni qoʻllab-quvvatlash siyosatini yurgizgan.

Eduard VI (1537.12.10-1553.6.7) — 1547-yildan qirol. Tyudorlar sulolasidan. Genrix VIII va uning 3xotini Jeyn Seymurning oʻgʻli. Taxtga 9 yoshida oʻtirgan. Bolaligi tufayli davlat ishlariga mutlaqo aralashmagan, asosan, ilohiyot va qadimiy tillarni oʻrganish bilan shugʻullangan. Davlatni boshqarish protektorlar (vasiylar) — E.VI ning togʻasi gersog Somerset, soʻngra (1549-yildan) — graf Uorvik qoʻlida boʻlgan.

Eduard VII (1841.9.11-1910.5.5)1901—10 yillarda qirol. Onasi qirolicha Viktoriya vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan. Antantani tuzishda faol qatnashgan. Ichki siyosatda sezilarli rol oʻynamagan.

Eduard VIII (1894.16.7-1972.28.5)1936-yil 20-yanvar — 11 dekabrda qirol. Otasi qirol Georg V vafotidan keyin taxtga chiqqan. Bir necha oydan soʻng taxtdan voz kechgan. E.VIII ning taxtdan voz kechishi bilan bogʻliq "saroy krizisi" Buyuk Britaniya hukmdor doiralari orasidagi ziddiyatlarni aks ettirgan. 1936-yil 12 dekabrda Vindzor gersogi unvonini olgan. 1940—45 yillarda Bagama orollari general-gubernatori. Hayotining soʻnggi davrini Fransiyada oʻtkazgan.