Noma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Noma (fors. — xat, maktub) — 1) xat, maktub, farmon, yozilgan narsa; 2) ada-biy janr; oʻzbek va fors mumtoz adabi-yotlarida yaratilgan, real yoki xayoliytoʻqima shaxsga asosan sheʼriy maktub tarzida yozilgan badiiy asar turi. Faxriddin Gurgoniy (11-asr), Avhadiy (1274—1338), Xoja Imod Kirmoniy (14-asr)lar fors adabiyotida N. janriga asos solib, uni rivojlantirganlar. Oʻzbek mumtoz adabiyotida N. janrining paydo boʻlishi Xorazmiy nomi bilan bogʻliq. Uning "Muhabbatnoma" asari (1353—54) oshiqning maʼshuqaga yoʻllagan gʻazal shaklidagi 10 ta ishqiy maktubidan iborat. Keyinchalik Xorazmiyning "Muhabbatnoma"si taʼsirida yaratilgan Xoʻjandiyning "Latofatnoma", Sayid Ahmadnint "Taashshuqnoma", Yusuf Ami-riynnig "Dahnoma" asarlarida ham N. janri anʼanalariga rioya qilingan: ularning barchasi bir xil vaznda, masnaviy shaklida yozilgan; barchasi ham 10 nomadan iborat. "Muhabbatnoma", "Latofatnoma", "Taashshuqnoma" asarlarida N.lar oshiq tilidan yozilgan bulsa, "Dahnoma"dagi N.lar ham oshiq, ham maʼshuqa nomidan yoʻllangan. Alisher Navoiy va Zokirjon Furqatning oʻz doʻstlari va ustozlariga yozgan sheʼriy maktublarini ham keng maʼnoda N. janriga kiritish mumkin; 3) biror tarixiy shaxs yoki asar qaxramonining sarguzashtlari, safar taassurotlari, ichki kechinmalari nazm yoki nasrda bayon etilgan har qanday (badiiy, ilmiy, memuar va boshqalar) asar turi. Mas, Boburning "Boburnoma", Muqimiyning "Sayohatnoma", Shayxzodaning "Toshkentnoma" asarlari; 4) mazmunan murakkab, yirik epik asar; doston. Mas, Firdavsiyning "Shohnoma", Nizomiyning "Iskandarnoma", Muhammad Solixning "Shayboniynoma" asarlari.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil