Muxtor viloyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rossiya xaritasidagi avtonom viloyat

Muxtor viloyat yoki Avtonom viloyat – SSSR va aytim boshqa davlatlarda (masalan, Gʻarbiy Bosniya muxtor viloyati, Kri muxtor viloyati) davlat avtonomiyasi shakli, maʼmuriy-hududiy tuzilma.

Hozirgi kunda sobiq sovet ittifoqi davlatlaridan Rossiyada (Yahudiylar muxtor viloyati) va Tojikistonda (Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati) muxtor viloyatlar bor.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oktyabr inqilobidan keyin RSFSR (keyinroq SSSRda ham) hududida, asosan, rus boʻlmagan (ittifoq respublikalarida – asosan titul millat boʻlmagan) aholi yashaydigan joylarda muxtor viloyatlar paydo boʻla boshladi. Avvaliga muxtor viloyat guberniya, viloyat, respublika (ASSR) bilan bir qatorda mustaqil subyekt boʻlgan, keyinroq esa ular guberniyalar bilan birlashtirilib, oʻlkalarni tashkil qilgan. Keyinchalik aksariyat muxtor viloyatlar muxtor respublikalar shaklida qayta tashkil qilindi, 1936-yil dekabridan yana alohida tuzilmaga aylantirildi.

Xronologik tartibda RSFSR hududida quyidagi muxtor viloyatlar tashkil qilingan:

  • Volgaboʻyi nemislari muxtor viloyati (1918), 1923-yildan – Volgaboʻyi nemislari ASSR;
  • Votskaya MV (1920), 1932-yildan – Udmurt MV, 1936-yil dekabrdan – Udmurt ASSR;
  • Qalmoq MV (1920, 1957), 1935-yildan – Qalmoq ASSR (1943-yilda tugatilgan), 1958-yildan – Qalmoq ASSR;
  • Kareliya mehnat kommunasi (1920), 1923-yildan – Kareliya ASSR;
  • Mariy MV (1920), 1936-yil dekabrdan – Mariy ASSR;
  • Chuvash MV (1920), 1925-yildan – Chuvash ASSR;
  • Buryat-Mongol MV (1921), 1923-yilda Mongol-Buryat MV bilan birlashtirilib, Buryat-Mongol ASSR tashkil qilingan;
  • Kabardin MV (1921), 1922-yilda Bolqor okrugi bilan birlashtirilib, Kabardin-Bolqor MV tashkil qilingan;
  • Komi (Ziryan) MV (1921), 1936-yil dekabrdan – Komi ASSR;
  • Mongol-Buryat MV (1921), 1923-yilda Buryat-Mongol MV bilan birlashtirilib, Buryat-Mongol ASSR tashkil qilingan;
  • Adigey (Cherkas) MV (1922), birinchi oyda Cherkas (Adigey) MV deb atalgan, 1928-yilda Adigey MV deb qayta nomlandi (1990-yildan boshlab Krasnodar oʻlkasi tarkibida)
  • Kabardin-Bolqor MV (1922), 1936-yil dekabrdan – Kabardin-Bolqor ASSR
  • Qorachoy-Cherkas MV (1922), 1926-yilda Qorachoy avtonom viloyati va Cherkas milliy okrugiga (1928-yildan Cherkas MV) boʻlinadi, 1943-yilda Qorachoy MV tugatiladi, 1957-yilda Cherkas MVga sobiq Qorachoy MV hududlari qoʻshiladi va Qorachoy-Cherkas MV deb qayta nomlanadi (1990-yildan – Stavropol oʻlkasi tarkibida)
  • Oyrat MV (1922), 1932-yildan Oyrot MV, 1948-yildan Togʻli-Oltoy avtonom viloyati (1990-yildan – Oltoy oʻlkasi tarkibida)
  • Chechen MV (1922), 1934-yilda Ingush MV bilan birlashtirilib, Chechen-Ingush MV tashkil qilingan;
  • Ingush MV (1924), 1934-yilda Chechen MV bilan birlashtirilib, Chechen-Ingush MV tashkil qilingan;
  • Qoraqirgʻiz MV, 1925-yildan Qirgʻiz MV, 1926-yildan Qirgʻiziston ASSR, 1936-yil dekabrdan Qirgʻiziston SSR;
  • Shimoliy Osetin MV (1924), 1936-yil dekabrdan – Shimoliy Osetiya ASSR;
  • Qoraqalpoq avtonom viloyati (1925), 1930-yilga qadar Qozogʻiston ASSR tarkibida, 1932-yildan Qoraqalpogʻiston ASSR shaklida RSFSR tarkibida, 1936-yil dekabrdan – Qoraqalpogʻiston ASSR OʻzSSR tarkibida;
  • Mordva MV (1930), 1934-yil dekabrdan – Mordva ASSR;
  • Xakas MV (1930) (1990-yildan Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibida);
  • Yahudiylar MV (1934) (1990-yildan Xabarovsk oʻlkasi tarkibida);
  • Chechen-Ingush MV (1934), 1936-yil dekabrdan – Chechen-Ingush ASSR;
  • Tuva MV (1944, qoʻshib olingan hududda), 1961-yil okyabrdan – Tuva ASSR.

Bir qator ittifoqdosh respublikalarda ham muxtor viloyatlar tashkil qilinadi. Masalan, Gruziya SSRda Janubiy Osetin (1922), Ozarbayjon SSRda Togʻli-Qorabogʻ (1923), OʻzSSR tarkibidagi Tojikiston ASSRda Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatlari(1925).

1990-yil holatida SSSR tarkibida sakkizta muxtor viloyat bor edi: beshtasi RSFSR oʻlkalari tarkibida va uchtasi ittifoqdosh respublikalarda.

1990-yil 15-dekabrda RSFSR muxtor viloyatlari oʻlkalar tarkibidan chiqarilib, mustaqil subyektlarga aylantirildi, 1992-yil 21-aprelda respublika maqomini oldi (Yahudiylar MVdan tashqari)[1].

Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlaridan faqatgina Tojikiston tarkibida Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati saqlanib qolgan.

Gruziya va Ozarbayjonda muxtor viloyatlar tugatilgan. Voqealarning bunday rivoji sobiq muxtor viloyatlar aholisining noroziligiga sabab boʻldi, natijada qurolli toʻqnashuvlar kelib chiqdi va yerlarning bir qismi ustidan nazoratni yoʻqotdi. Sobiq muxtor viloyatlar hududlarida amalda mustaqil tan olinmagan davlatlar – Janubiy Osetiya va Togʻli Qorabogʻ Respublikasi tuzildi. Togʻli Qorabogʻ Respublikasi 2023-yil sentyabrda tugatildi[2].

Sovet Ittifoqidagi muxtor viloyatlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muxtor viloyat Tashkil etilgan sana Tugatilgan sana Maʼmuriy markazi Ittifoqdosh respublika Titul millat Izoh
Volgaboʻyi nemislari MV 19.10.1918 19.12.1923 Pokrovsk RSFSR nemislar Hozirgi Saratov viloyati
Udmurt MV (01.01.1932 gacha – Votskaya) 04.11.1920 28.12.1934 Ijevsk[3] RSFSR udmurtlar (votyaklar) Hozirgi Udmurtiya
Mariy MV 04.11.1920 05.12.1936 Yoshkar-ola RSFSR mariylar Mariy ASSR (1936—1993), Hozirgi Mariy El Respublikasi
Buryat-Mongol MV 27.04.1921 30.05.1923 Chita RSFSR buryatlar Hozirgi Buryatiya
Mongol-Buryat MV 09.01.1922 30.05.1923 Irkutsk RSFSR buryatlar Hozirgi Buryatiya
Kabardin MV 01.07.1921 16.01.1922 Nalchik RSFSR kabardinlar Hozirgi Kabarda-Bolqoriya
Qalmoq MV 1921 1958 1928-yilgacha Astraxan, Elista RSFSR qalmoqlar Hozirgi Qalmogʻiston
Komi (Ziryan) MV 1921 1936 Siktivkar[4] RSFSR komilar Hozirgi Komi
Qorachoy-Cherkas MV 12.01.1922 16.05.1992 Cherkessk RSFSR qorachoylar, cherkaslar Hozirgi Qorachoy-Cherkasiya
Janubiy Osetin MV 20.04.1922 Sxinvali Gruziya SSR osetinlar Hozirgi Janubiy Osetiya (bahsli)
Togʻli-Oltoy (1932-yilgacha Oyrat MV, 1948-yilgacha Oyrot MV) 01.06.1922 16.05.1992 Gorno-altaysk RSFSR oltoylar Hozirgi Oltoy Respublikasi
Adigey MV (24.08.1922 gacha – Cherkas (Adigey) MV, 13.08.1928 gacha – Adigey (Cherkas) MV 27.07.1922 16.05.1992 Maykop[5] RSFSR cherkaslar Hozirgi Adigeya
Togʻli Qorabogʻ MV 05.07.1923 26.11.1991 Xonkandi Ozarbayjon SSR armanlar Hozir Ozarbayjonning Qorabogʻ iqtisodiy rayoni tarkibida
Shimoliy Osetin MV 07.07.1924 05.12.1936 Vladikavkaz RSFSR osetinlar Hozirgi Shimoliy Osetiya Alaniya
Ingush MV 07.11.1924 15.01.1934 Vladikavkaz RSFSR ingushlar Hozirgi Ingushiya
Togʻli-Badaxshon MV 02.01.1925 hozirga qadar Xorugʻ Tojikiston SSR[6] Pomir xalqlari Hozir ham mavjud
Qoraqalpoq MV 16.02.1925 20.03.1932 Toʻrtkoʻl RSFSR qoraqalpoqlar Hozirgi Qoraqalpogʻiston
Mordva MV 10.01.1930 20.12.1934 Saransk RSFSR mordvalar Hozirgi Mordoviya
Xakas 20.10.1930 16.05.1992 Abakan RSFSR xakaslar Hozirgi Xakasiya
Yahudiylar MV 07.05.1934 hozirga qadar Birobijan RSFSR yahudiylar Hozir ham mavjud
Tuva MV 11.10.1944 10.10.1961 Qizil RSFSR tivalar Hozirgi Tiva

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya viloyatlari

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zakon Rossii № 2708-I, ot 21 aprelya 1992 goda.
  2. „“Ozarbayjon suvereniteti tiklandi”: Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi operatsiya bo‘yicha murojaat qildi“. Daryo.uz. Daryo.uz (2023-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 15-dekabr 2023-yil.
  3. 1921-yil yanvardan iyungacha – Glazov
  4. 1930-yilgacha UstSisolsk deb atalgan
  5. 1936-yil 10-aprelgacha – Krasnodar, muxtor viloyat tarkibiga kiritilmagan Krasnodar poytaxt vazifasini bajaradi
  6. 1929-yil 16-oktyabrga qadar OʻzSSR tarkibidagi Tojikiston ASSR