Ijevsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ijevsk (1984-87 y.larda Ustinov) — RF dagi shahar (1918 y.dan), Udmurtiya Respublikasi poytaxti. Kama daryosidan 40 km narida, Ij daryosi sohilida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 653 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, shu jumladan, "Ijmash" i.ch. birlashmasi (yengil avtomobillar, mototsikllar, ov miltiqlari, stanoklar va b.), "Ij-neftemash" zavodi, radiozavod, "Ij-stal" i.ch. birlashmasi, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Udmurtiya universiteti), oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari, 4 teatr mavjud. I.ga 1760 y. asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil