Janubiy Osetiya
| Ushbu maqolani Janubiy osetiya bilan birlashtirish taklif etiladi. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish tavsiya etiladi:
|
Janubiy Osetiya (osetin: Хуссар Ирыстон, Xussar Iriston; gurji: სამხრეთი ოსეთი, Samxreti Oseti; rus. Южная Осетия, Yujnaya Osetiya) Kavkaz janubidagi bir mintaqadir. Sobiq Janubiy Osetiya Avtonom Oblasti (Gurjiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida). Mintaqaning bir qismi Gurjistondan 1990-yillar boshida mustaqillik eʼlon qilib, oʻzini Janubiy Osetiya Respublikasi, deya ataydi. Poytaxti — Tsxinvali.
Januy Osetiya mustaqilligi uni Gurjistonning bir qismi sifatida koʻruvchi BMT aʼzolari tomonidan tan olinmagan. Gurjiston mintaqaning sharqiy va janubiy qismi ustidan nazoratni saqlab qoldi va 2007-yilning aprel oyida u yerda etnik osetinlar tomonidan boshqariluvchi Janubiy Osetiya Muvaqqat Maʼmuriyatini[1][2][3][4] tuzdi. Bu tashkilot rahbari Dmitriy Sanakoevdir va u Gurjiston bilan Janubiy Osetiya statusi haqida muzokaralar olib borishi koʻzlangan.[5]