Xorugʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xorugʻ
tojikcha: Хоруғ
Xorugʻ panoramasi
Xorugʻ panoramasi
shahar
37°29′30″N 71°33′27″E / 37.49167°N 71.55750°E / 37.49167; 71.55750 G OKoordinatalari: 37°29′30″N 71°33′27″E / 37.49167°N 71.55750°E / 37.49167; 71.55750 G O
Mamlakat Tojikiston
viloyat Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati
Qachondan beri shahar 1932
Markazi balandligi 2200 m
Rasmiy til(lar)i Tojik tili|tojikcha
Aholisi
 (2013)
29 ming[1]
Milliy tarkib pomir xalqlari
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +992 35222
Pochta indeks(lar)i 736000
Avtomobil kodi 04РТ
Xorugʻ xaritada

XorugʻTojikiston Respublikasi Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatidagi shahar (1932-yildan), viloyat markazi. Pomirning janubi-gʻarbida (2200 m balandlikda), Gʻunt daryosining har ikkala sohilida (Gʻuntning Panj daryosiga quyilish joyida). Aholisi 29 ming kishi (2013), asosan, pomirlik tojiklar, shuningdek, oʻzbeklar, ruslar, tatarlar, qirgʻizlar, ukrainlar va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dushanbe Xorugʻ yoʻli

Xorugʻda goʻsh-tsut kombinati, temir-beton konstruksiyalar, non zavodlari, tikuvchilik fabrikasi, avtomobil taʼmirlash korxonalari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, GES va boshqalar faoliyat yuritmoqda. Avtomobil trakti orqali Dushanbe va Oʻsh shaharlari bilan bogʻlangan. 1999-yildan boshlab Xorugʻ — Qalʼai Xumb — Koʻlob, shuningdek, Xorugʻ — Kulma orqali Xitoy hududiga chiquvchi magistral yoʻllari qurilmoqda[2].

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorugʻda universitet, 12 umumiy taʼlim maktabi, tibbiyot bilim yurti, hunar-texnika bilim yurtlari, musiqa maktabi, drama teatri, madaniyat uylari, oʻlkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion mavjud. 1977-yildan Pomir regioni uchun "Orbita" televizion styasi ishlab turibdi. Shaharda Tojikiston Fanlar Akademiyasining Biologiya instituti (shahar chekkasida institutning Botanika bogʻi) joylashgan. Xorugʻ 1925-yilda qishloq sifatida vujudga kelgan. 1932-yildan Togʻli Badaxshon muxtor viloyatining markazi.

Galeriya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
  2. „Government Forces Clash with Guerrillas in Tajikistan“. Satrapia (24-jul 2012-yil). Qaraldi: 4-avgust 2012-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]