Chita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chita — Rossiya Federatsiyasi Chita viloyatidagi shahar (1851-yildan), viloyat markazi. Chita daryosining Ingoda daryosiga quyiladigan joyda. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 316,6 ming kishi (2002). Chita Sharqiy Sibirning muhim sanoat va madaniyat markazi. Mashinasozlik va metallsozlik (mashinasozlik, avtomobil yigʻuv, stanoksozlik va boshqa zdlar), mebel, yogʻochsozlik, yengil (kamvol—movut va koʻn poyabzal kombinatlari, xrom teri zavodi, poʻstin— moʻyna fabrikasi), oziq-ovqat (un, goʻsht va sut ktlari), qurilish materiallari sanoati bor. Qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi. Issiqlik elektr markazi mavjud. 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi va badiiy muzeylar ishlab turibdi. Chita Ingodinskoye zimovye posyolkasi sifatida 1653-yildan maʼlum. 1690-yildan sloboda — soliq va boshqa majburiyatlardan ozod qilinganlar kishloga (1706-yildan u Chita slobodasi deb atala boshlagan). 1851-yildan shahar va Zabaykalye viloyati markazi. 1920— 22 yillarda Uzoq Sharq respublikasi poytaxti. 1922-yildan Zabaykalye gubernyasi markazi, 1926—37 yillarda Zabaykalye oʻlkasidagi okrug markazi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Chita" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil