Muxtoriyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Muxtoriyat — konstitutsiyaviy huqukda bironbir hududning unga konstitutsiya yoʻl qoʻygan chegaralarida davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. M. markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga oʻtishning muayyan darajasini bildiradi, ammo bu — federativ davlatdagiga nisbatan kamroq darajada boʻladi. 20-a. boshlarida Turkiston jadidlari M. harakatiga mustaqil davlat tuzish yoʻlidagi alohida bosqich sifatida qaraganlar va bu yoʻlda kurashganlar (q. Turkiston muxtoriyati). Rossiyada bolsheviklar xrkimiyat tepasiga kelgach, dastlab Turkiston Avtonom (Muxtor) Sovet Respublikasini tashkil kilishdi (1918 y. 30 apr.). Oʻzbekiston SSR tuzilgach, uning tarkibida Qoraqalpogʻiston ASSR (1936 y. 5 dek.dan) boʻlgan.

M. keng maʼnoda — bironbir ilmiy muassasa (mas, universitet), turli tashkilotlarning muayyan masalalarni oʻz holicha, mustaqil hal qilish huquqi. [1]


Muxtoriyat – umuman olganda, kimningdir ixtiyoriga topshirilgan masalalarni uning o’zi mustaqil ravishda hal etish huquqi. Konstitutsiyaviy huquqda Muxtoriyat tushunchasi bir nechta ma’noda qo’llaniladi: a) davlat yoki viloyat muhtoriyati deb nomlanadigan milliy-davlatchilik tuzilishi shaklini belgilash uchun. Bunda muayyan milliy tarkibdagi aholi zich joylashgan, alohida xo’jalik va turmush xususiyatlariga ega bo’lgan hudud – muxtor davlat (respublika) yoki avtonom milliy-davlat tuzilmasi (viloyati, okrugi) deb e’lon qilinadi; b) muayyan millatga mansub fuqarolar guruhining o’z milliy, ma’naviy, madaniy va boshqa manfaatlarini amalga oshirish uchun birgalikda harakat etish imkoniyatlarini ifodalash uchun; v) u yoki bu konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarining ishtirokchisi o’zining vakolatlarini amalga oshirishda erkinlikka egaligiga alohida urg’u berish uchun. Maxsus adabiyotlar va ro’znomalarda «viloyat o’z ishlarida to’liq avtonom», «mansabdor shaxs o’z vakolatlarini amalga oshirishda katta avtonomiya oldi» kabi iboralarni uchratish mumkin. Bu erda «muxtoriyat» atamasi ko’proq konstitutsiyaviy-huquqiy mazmunda emas, balki umumiy tushuncha sifatida ishlatiladi va tegishlicha davlatning, davlat tuzilmasining, ma’muriy-hududiy birlikning, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organining, jamoat birlashmasining, mansabdor shaxsning erki o’zidaligini ifodalaydi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil