Tivalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tivalar

Tivalar, tuvalar (oʻzlarini tiva deb atashadi; eski nomlari — soyotlar, uryanxaylar, tannu — T.) — xalq. Tivaning asosiy aholisi (198,4 ming kishi), Rossiya Federatsiyasida jami 206,2 ming kishi. Umumiy soni 207 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari); shuningdek, Mongoliya va Xitoyda ham yashaydi. Tiva tilida soʻzlashadi. Dindorlari — lamaistlar. T. — chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi.