Saransk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saransk - RFdagi shahar (1651 y.dan), Mordva Respublikasi poytaxti (1990 y.dan). Insar daryosi (Volga havzasi)ning chap sohilida. Temir yoʻl stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 317,7 ming kishi (1998). S. 1641 y.da Rus davlatining jan.sharqqa kengayib borishida chegaradagi qalʼa sifatida vujudga kelgan. 1651 y.dan uyezd shaxri. 1670 y. S.T.Razin qoʻshinlarining tayanch punkti boʻlgan. 1774 y. shaharga Ye. I. Puganeye kirib kelgan. 1801 y. dan Penza gubernyasining uyezd markazi. 1893 y. S. orqali t.y. oʻtgan. S.da 1917 y. 5(18) dek.da shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgan. 1928 y.dan S. Mordva milliy okrugi, 1930 y.dan Mordva muxtor viloyati markazi, 1934—90 y.larda Mordva Muxtor Respublikasi, 1990 y.dan Mordva Respublikasi markazi. Mashinasozlik, metallsozlik (shu jumladan, elektrotexnika sanoati, priborsozlik, ekskavator, avtosamosval, televizor va b. ishlab chikarish), kimyofarmatsevtika va kimyo, yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoatlari bor. 2 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Mordva universiteti), i.t. institutlari, 3 teatr, suratlar galereyasi, oʻlkashunoslik, haykaltarosh S.D. Erzya muzeylari, telemarkaz mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Ioann Bogoslov cherkovi (17-a. oxiri), gʻishtin palatalar (17-a.) saqlanib qolgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil