Botu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Botu (Mahmud Maksudovich Hodiyev)
Tavalludi 1904.15.5
Toshkent
Vafoti 1938.9.5)
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Sohasi shoir, jurnalist
Institutlar Moskva davlat unversiteti
Mashhur ishlari "Toʻlqin tovushlari","Umid uchqunlari", "Yangi qishloq", "Hoshimjon", "Tursun"
Dini Islom

Botu (taxallusi; asl ismi Mahmud Hodiyev) (1904.15.5, Toshkent – 1938.9.5) – shoir, jurnalist. Rustuzem maktabi (191417), oʻqituvchilar tayyorlash kursi (191820), Moskva davlat unversitetining iqtisod fakulteti (1921 – 27) da oʻqigan. „Fargʻona“ gazetasida, „Alanga“ jurnalida bosh muharrir, ayni vaqtda Oʻzbekiston xalq maorifi komissari oʻrinbosari boʻlib ishladi (192830). Dastlabki sheʼrlarida Munavvar qori singari milliy istiqlolchilar taʼsiri seziladi. „Umid uchqunlari“ (1925), „Toʻlqin tovushlari“ (1929) toʻplamlari nashr etiladi. U yangi tuzumga chin dildan ishongan, xalqqa haqiqiy tenglik, ozodlik, baxtsaodat beradi, deb umid qilgan. Shu maʼnoda yangilikni, yoshlikni, xotin-qizlar ozodligini kuyladi. Botu „Yangi qishloq“ (1928), „Hoshimjon“, „Tursun“ (1929), shuningdek bolalarga bagʻishlangan hikoyalari („Bolalar yolgʻoni“, „Mening kitobim“ va boshqalar)da yangi ijtimoiy munosabatlar hamda bolalar dunyosi ruhiyatini tasvirladi.

Botu oʻzbekarab alifbosini lotin grafikasi asosidagi alifboga almashtirish tashabbuskorlaridan boʻlgan (1920). Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalariga oid bir qator maqolalar muallifi. Botu 1930-yilda nohaq ayblanib, qamoqqa olindi va qatagʻon qurboni boʻldi. Toshkent koʻchalaridan biriga va maktabga Botu nomi qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Botu" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yoz kuni: sheʼrlar, dostonlar, hikoya va maqolalar, T., 1980.
  • Sharipov B., Shoir va jamoatchi, T., 1989.