Anqara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anqara — Turkiya Respublikasining poytaxti, Anqara elining ma’-muriy markazi. Aholisi 4 mln. kishi (shahar atrofi bilan, 1997). Shahar Anado-lu yassitog‘ligida, Anqara va Chubuk daryolari tutashgan joyda, dengiz sathidan taxminan. 890 m balandlikda. T.y. va avtomobil yo‘llari tuguni, xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo va madaniyat markazi. Anqara Kichik Osiyoning ko‘hna shaharlaridan biri; milloddan avvalgi 7-asrda Osiyoni Yevropa bilan bog‘lagan savdo yo‘llaridagi Rim imperiyasiga qarashli muhim savdo markazi sifatida ma’lum. 11-asrdan Anqara saljukiy turklar tasarrufida. 14-asr. 1-yarmidan usmonlilar saltanati tarkibidagi Anqara poshsholigining ma’muriy markazi. 1402 yil 20 iyulda Anqara yonida katta jang bo‘lgan (q. Anqara jangi). 1864 yildan esa viloyat markazi. 1920 yil. 23 aprelda Anqarada Turkiya Buyuk Millat majlisi ochildi va unda yangi milliy hukumat tashkil etildi. 1923 yil 13 oktabrdan Anqara. Turkiya poytaxti, 1923 yil. 29 oktabrdan Turkiya Respublikasining poytaxti deb e’lon qilindi. Anqarada Turkiyaning asosiy harbiy sanoat (o‘qdori, qurol-aslaha, samolyot zavodlari), mashinasozlik va metallsozlik, elektrotexnika, sement, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, oziq-571ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Anqarada bir necha universitet, konservatoriya, Otaturk nomidagi pedagogika instituti, Tasviriy san’at akademiyasi, oliy texnika maktabi, bir qancha hunar o‘quv yurtlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, kino-teatrlar va b. ilmiy-madaniy muassasalar bor.Shahar 2 qismdan iborat. Shim. yoki eski Anqarada o‘rta asr me’moriy yodgorliklari saqlanib qolgan. Anqara poytaxt bo‘lgach, uning janubiy qismida zamonaviy binolar qurilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil