Tbilisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tbilisi (1936 y.gacha ruscha transkripsiyasida — Tiflis) — Gurjiston poytaxti. Yirik industrial, ilmiy va madaniy markazlardan biri, transport tuguni. Tbilisi soyligida, Kura daryosining har ikkala sohilida, 406— 522 m balandlikda joylashgan. Yanv.ning oʻrtacha trasi 0,5°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 510 mm. Mayd. 348,6 km2. Aholisi 1280 ming kishi |(2002 y.; shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan birga — 1,5 mln. kishiga yaqin)]. T. 8 tumanga boʻlingan.

T. soʻzi iliq suvli buloklar nomi (gurjistonha "tbili" — iliq)dan olingan. T. shaharqalʼa sifatida ilk bor yilnomalarda 4-a.dan tilga olinadi. Podsho Vaxtang I Gorgasal davri (452—502)da T. Sharqiy Gurjistonning eng yirik iqtisodiy markazlaridan biriga aylangan. Vaxtang I ning oʻgʻli Dachi shahar devorlarini qurishni tugatib (6-a. boshi), poytaxtni Msxetadan T.ga koʻchirdi va uni Sharqiy Gurjiston davlati boʻlmish Kartlining poytaxtiga aylantirdi. 7—11-a.larda T. arablar, xazarlar, forelar, turksaljoʻqlar hujumiga duchor boʻlgan, 8-a. 30y.laridan arab amirligining qarorgohi. Gurjistonda David Binokor podsholigi davrida T. ozod qilinib (1122), birlashgan gruzin davlatining poytaxtiga aylantirilgan. 12— 13-a.larda T. Yaqin Sharqning eng yirik savdohunarmandchilik va madaniy markazlaridan biri. 13—18-a.larda T. turli davlatlar tarkibida boʻlib keldi. 1801 y. Sharqiy Gurjiston Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingach, T. Gurjiston gubernyasining maʼmuriy markazi va Kavkazdagi rus qoʻshinlari bosh qoʻmondonining , 1845 y.dan esa Rossiya podshosining Kavkazdagi noibi qarorgohi boʻlib qoldi. 19-a.ning 2yarmidan Zakavkazyeda t.y. qurilishi boshlanishi bilan T.da sanoat korxonalari qurilishi tezlashdi. Koʻnteri zdlari, tamaki fkalari bunyod etildi. Bosh t.y. ustaxonasi T.dagi eng katta korxona edi. 1921 y.dan T. uzilkesil Gruziyaning poytaxti boʻlib qoldi.

T.ning yetakchi sanoat tarmoklari — mashinasozlik (stanoklar, elektrovozlar, priborlar, qishloq xoʻjaligi. mashinalari, elektr texnika buyumlari, aviatsiya sanoati mahsulotlari va b. ishlab chiqarish.), metallsozlik, yengil (toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, galanteriya, tikuvchilik va b. korxonalar), oziq-ovqat (shu jumladan, vinokonyak, shampan vinosi tayyorlash, mevasabzavot konservalari, tamakichilik, yogmoy, non zdlari va b.), yogʻochsozlik, shisha va chinnifayans, kimyo va kimyofarmaiyevtika, polifafiya sanoatlari. Qurilish materiallari ham ishlab chikariladi. T.da termal suvlardan issiqxonalarni isitishda foydalaniladi.

T. — transport yoʻllarining yirik tuguni, Harbiy Gurjiston yoʻlining oxirgi punkti. Avialiniyalar orkali MDHning deyarli barcha yirik markazlari bilan bogʻlangan. Ichki transport rivojlangan — avtobus (1933 y.dan), tramvay, trolleybus (1937 y.dan) katnaydi, 1966 y.dan metropoliten ishga tushirilgan. Dam oluvchi va sayyohlarni tashuvchy*’ kanat yoʻllari bor. Bu transport yoʻllari shaharning markaziy koʻchalarini togʻli qismi bilan bogʻlaydi.

T. Kura daryosi va uning terrasalari boʻylab 30 km ga choʻzilgan. Shaharning jan.sharqida tor koʻchalar, oʻrta asrlarda qurilgan 2—3 qavatli gʻishtin uylari boʻlgan eski shahar joylashgan. Eski shaharda Nariqalʼa xarobalari (qadimgi kismi 4-a., keyingisi 16—17-a.lar), toshdan qurilgan Anchisxati (6—17-a.

lar) cherkovi va Metexi (1278—93) cherkovi, Sioni kafedrali sobori (6—7-a.

lar), Rostom podshosining hammomlari (17-a.) saklangan. Gurjiston FA, 11 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 3 unt, konservatoriya), 14 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), 20 dan ortiq muzey (shu jumladan, S. Janashia nomidagi Gurjiston muzeyi, Gurjiston sanʼati muzeyi, Gurjiston kartinalar galereyasi, Gurjiston adabiyoti muzeyi), Botanika bogʻi, Davlat kutubxonasi, yuzdan ortiq jamoat kutubxonasi, yirik nashriyotlar bor. T. — Zakavkazyeda turizmning yirik markazlaridan. Shaharning jan.sharqiy qismida T. balneologik kurorti joylashgan.

T.da mashhur gruzin yozuvchilari, rassomlari, kompozitorlari, jamoat arboblari (Aleksandr va Ilya Chavchavadzelar, N. Baratashvili, Akakiy va Georgiy Sereteli, N. Nikoladze, Nino Pirosmanishvili, 3. Paliashvili va b.) hamda arman va ozarbayjon madaniyati vakillari (X. Abovyan, G. Sundukyan, O. Tumanyan, M. Axundov, M. Shafi va b.) yashab ijod kilganlar. A. Griboyedov (Mtatsminda togdagi panteonda dafn qilingan). A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, L. N. Tolstoy, M. Gorkiylarning nomlari T. bilan bogʻliq.