Maskat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maskat — Ummon sultonligi poytaxti, Arabiston ya.o.ning sharqiy qismida. Ummon qoʻltigʻi sohilidagi dengiz porti (chetga xurmo, mevalar, quritilgan baliq chiqariladi). Aholisi 52 ming kishidan ziyod (1993). Karvon yoʻllari tuguni. Savdohunarmandchilik markazi. Un-t bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan oʻrta asrlarda qurilgan turar joylar, 16-a.da portugallar qurgan fortlar saqlangan. Shahar yaqinida xalqaro aeroport bor. [1]

Flag of Oman.svg Maskat
مسقط
Flag of Oman.svg
MuscatRoadGate.jpg
Oman map de.png
Mamlakat Ummon
Maqomi Poytaxt
Sultoni
Qobus ibn Said
Maydoni
1 500 km²
Aholisi
  • Aholi zichligi
731 730 kishi
  • 184,57 kishi km²
Vaqt mintaqasi UTC+4
Rasmiy sayti http://www.omanet.om/

MaskatOmon davlatining poytaxti.

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil