Taypey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taypey — Xitoydagi shahar. Tayvan o.ning shimoliy qismida. Tayvan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,64 mln. kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega 2 ta aeroporti bor. T. Szilun avanporti bilan birgalikda yagona sanoat kompleksini tashkil etadi. T. — orolning eng katta shahri va yirik sanoat markazi. Mashinasozlik (kemasozlik, radioelektronika), metallurgiya, kimyo, sement, yogʻochsozlik, qogʻoz, yengil va oziqovqat sanoatlari korxonalari mavjud. XvaKang, milliy saroy muzeylari, Chan Kayshi memoriali bor.