Male (Maldiv Respublikasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Male — Maldiv Respublikasi poytaxti, Male o.da. Aholisi 55 ming kishidan ziyod (1990-y.lar oʻrtalari). Iqlimi ekvatorial, mussonli iqlim, oʻrtacha oylik t-ra 24—30°, yiliga 250° mm gacha yogʻin yogʻadi.

M. — tarixiy shahar. Arab sayyohi Ibn Battuta 1342 y.da M.da boʻlib, uning yirik shahar ekanligini yozgan. 16-a.da M.da portugallar hukmronlik kilgan. 1857 y.da Angliya bosib olgan. 1965 y. iyuldan Maldiv davlati poytaxti. M. — mamlakatning iqtisodiy, madaniy va savdo markazi. M. porti orqali chetga quritilgan baliq, kokos yongʻogʻi, kopra chiqariladi. Havo va suv yoʻllari orqali Kolombo sh. bilan bogʻlangan. M.da baliq ovlash kemalari, zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik f-kasi, baliq konserva qilish zavodi mavjud. Abu al-Barakat maqbarasi, sulton saroyi (hoz. muzey) bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil