Bayrut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bayrut — Livan Respublikasining poytaxti. Oʻrta dengizning sharqiy sohilidagi sertepa yarim orolda joylashgan port. Iqlimi subtropik; yozi issiq va quruq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi 14°, avg .niki 28°; oʻrtacha yillik yogʻin 900 mm. Aholisi 1,5 mln. kishi (1990, shahar atrofi b-n).

B. mil. av. 18-a.da Beruta, Berit deb atalgan. Misr qoʻl ostida (mil. av. 15-a.

gacha), soʻngra xettlarga (mil.av. 14-a.), ossuriyaliklarga tobe boʻlgan. 635 y. arab xalifaligi tarkibiga kiritilgan. B.ni 1110 y.da salib yurishi qatnashchilari egalladi. 14 — 15-a.larda mamluklar qoʻl ostida boʻldi. 1516 y.da esa turklar tasarrufiga oʻtdi. Livan amiri Faxruddin II (1584 — 1635) zamonida rasman mustaqil davlatning markazi edi. 17 — 18-a.larda B.ni Livan amirlari hamda turk voliylari idora qildi. 1860 y. avg .da fransuzlar bosib oldi. 1920 y 1 sent.dan fransuzlar mandati ostida "Ulugʻ Livan davlati", 1926 y.dan Livan Respublikasining (1943 y. noyabrgacha fransuz mandati ostidagi) markazi. 20-a.ning 30 — 50-y.larida B. Livandagi milliy ozodlik harakatining eng yirik markazlaridan biri boʻldi. 1943 y.dan mustaqil Livan poytaxti.

B.— yirik port, t.y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Yakin va Oʻrta Sharqhamda Yevropa mamlakatlarining tranzit savdolari B. orqali oʻtadi. Mamlakatning savdomoliya markazi. Davlatning 60% sanoat korxonalari shu yerda joylashgan. Toʻqimachilik, trikotaj, koʻn, oziq-ovqat (tamaki va b.), metallsozlik sanoati tarmoqlari rivojlangan. B. orqali chetga sitrus mevalari, olma, zaytun moyi, xom ipak, jun chiqariladi.

B.da meʼmoriy yodgorliklardan Jome al-Umariy masjidi (1291 y.da qayta qurilgan), "Saroy masjidi" (16-a. boshi) va b. saqlangan. B. asosan zamonaviy shahar; koʻp qavatli uylar, mehmonxona, bank va b. qurilgan. B. markazida 3 katta maydon boʻlib, boshqa shaharlarga boradigan yoʻllar shu yerdan boshlanadi. B.da universitetlar, Milliy kutubxona, Katta meʼmoriy muzey (sanʼat tarixi), Sursok muzeyi (zamonaviy sanʼat), kollejlar va b. bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil