Zominsuv
| Zominsoy | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 58 |
| Suv sarfi | 1,83 m³/s |
| Davlat | Oʻzbekiston |

Zominsoy — Zomin tumanidagi soy. Yuqori oqimida Yettikechuv, Duoba qishlogʻi yaqinida Sanganaksoy, Zomin shaharchasi yaqinida Zominsoy deb ataladi. Turkiston tizma togʻining qariyb 2500 m balandlikdagi shimoliy-gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanuvchi Oʻriklisoy, Gal-diravoʻt, Yettikechuv va b. soylarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Zominsoy Sirdaryo Xovos — Jizzax temir yoʻlga yetmasdan Qoʻshtamgʻali qishlogʻidan 3,5 km jan, sharqda tugaydi. Uzunligi 58 km, havzasining mayd. 704 km2. Zominsoy koʻproq qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,83 m3/sek. (Duoba qishlogʻi yaqinida), eng katta suv sarfi 16,8 m3/sek (1969.28.05). Toʻlinsuv davri (aprel— avgust)da yillik sarfining 60—65% oqib oʻtadi, qishda baʼzan qurib qoladi. Eng sersuv oy — iyunda oʻrtacha suv sarfi 4,56 m3/sek ga teng. Zominsoydan Zomin shaharchasi, Duoba, Yettikechuv, Qushchi va boshqa qishloqlar suv ichadi, ekin maydonlari sugʻoriladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |