Ixshid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ixshid — 1) Soʻgʻd va Fargʻona podsholari unvoni (5—8-asrlar). Ilk oʻrta asrlarda Movarounnahr 15 dan ortiq mayda hokimliklarga boʻlinib ketgan edi. Ular turli nomda yuritilgan. Buxoro vohasida — buxorxudotlar va vardonxudotlar, Miyonkolda — dabusshohlar, Ustrushonada — afshinlar, Choch va Ilokda — budun va tudun va b. Ular mahalliy turkiy qabilalarning turli sulolalariga mansub boʻlgan. Bu davlatchalar orasida Sugʻd I.lari eng qud-ratli sanalgan. Ularning poytaxti Samarkand sh. boʻlgan. I. atrofiga shaxsiy qurolli lashkarlar — chokarlari boʻlgan badavlat dehqonlar toʻplangan edi. Sugʻd I.i Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Ishtixon, Maymurgʻ, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshab mulklarini bir ittifoqqa birlashtirgan. Samarqand I.i saroyida ajdodlar ruhiga atab qurbonlik qilish uchun maxsus ibodatxona bino qilingan. Samarqand I.lari yaqin-olis davlatlar bilan elchilik aloqalari olib borganlari maʼlum. Mas, Afrosiyob devoriy rasmlaripz. Sush I.i Varxumanning Chagʻoni-yon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlangan. Arab istilochilariga qarshi kurashda Sugʻd I.i Tarxun katta jonbozlik koʻrsatgan. 8-asr boshida (712 y.) Samarqandni arablar bosib olgach, Sugʻd I.lari poytaxtni Ishtixonga koʻchirganlar. Movarounnahr Arab xalifaligi tarkibiga kiritilgach, I. unvoni bekor qilingan; 2) Suriya va Misrda hukmronlik qilgan yarim mustaqil turkiy sulola (935 — 969) vakillari unvoni (yana q. Ixshidiylar). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil