Virjiniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Flag of the United States.svg Virjiniya
Virginia
Flag of the United States.svg
Virjiniya bayrogʻi Virjiniya tamgʻasi
Virjiniya bayrogʻi Virjiniya tamgʻasi

Shtat laqabi: Qari hukmronli
(Old Dominion)

Virginia in United States.svg
Poytaxt Richmond
Eng yirik shaharlar Virginia Beach
Norfolk
Chesapeake
Maydon

   - Butun
   - % suv

AQSh: 35-oʻrinda

110,785 km²
7.43 %

Aholi

   - Butun (2011)
   - Zichlik
   - Senat oʻrinlari
   - Elektoral ovozlari

AQSh: 12-oʻrinda

7,567,465
69.03 kishi/km²
11
13

YShM

   - YShM
   - YShM/kishi

AQSh: 12-oʻrinda

$329,332 mil.
$44,021

Ittifoqqa kirish

   - Sana

10-boʻlib

25 iyun 1788

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma VT [50]
Shtat guli American Dogwood

(Cornus florida)

Shtat daraxti Flowering dogwood

(Cornus florida)

Virjiniya, (Virginia) - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Richmond shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin.

AQSHning sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Mayd. 105,7 ming km2. Aholisi 6,5 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Aholining qariyb 47% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Richmond shahri. Virjiniyaning gʻarbida bal. 1743 m gacha boʻlgan Appalachi togʻ tizmalari, oʻrta qismida Pidmont platosi, sharqida botqoqli Atlantika boʻyi pasttekisligi bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — G dan 5° gacha, iyulniki 23—26°. Yillikyogʻin 1000 mm. Igna bargli va aralash oʻrmonlar bor.

Virjiniya industrial-agrar shtat. Toshkoʻmir, tabiiy gaz va qurilish materiallari qazib chiqariladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kimyo (sunʼiy tola, oʻgʻit, portlovchi moddalar ishlab chiqarish), elektrotexnika, radioelektronika, tamaki, oziqovqat, ip gazlama, yogʻochsozlik, kemasozlik. Eng yirik sanoat markazi— Roanok sh. Port shaharlari — Norfolk, Portsmut, Nyuport-Nyus, Danvill. Yer-suv asosan yirik fermer xoʻjaliklari qoʻlida. Virjiniyaning yer yuzasida eroziya jarayoni kuchli boʻlganidan ekinzorlarning bir qismi yaroqsiz boʻlib qolgan. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Muhim ekinlari: tamaki, bugʻdoy, makkajoʻxori, yer yongʻoq, paxta. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining qariyb yarmi chorvachilikdan olinadi. Koʻproq qoramol, parranda va choʻchqa boqiladi. Baliq ovlash ham rivojlangan. V.ning Atlantika okeani sohilidagi Xempton-Rode gavanida kemalar quriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil