Matbuot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Matbuot deb ommaviy axborot vositalarining bosma shakllariga aytiladi. Matbuotga gazeta, jurnal, almanaxlar kiradi.

Matbuot — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor maʼnoda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi(sinonimi – pressa). M. ijtimoiy ongning oʻtkir va taʼsirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli gʻoyaviy omil hisoblanadi. M. jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, ilmiytexnikaviy va boshqalar) yoʻnalishlarda yoritadi.

M. 15-asrning oʻrtalarida Yevropada tarkib topgan, qariyb 5 a. mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari – radioeshittirish va televideniye paydo boʻlguniga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning, bilim va gʻoyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola va varaqalardan iborat boʻlgan, 17-asrning boshlarida gazetalar, keyinroq esa jur.lar tashkil topdi; 19-asrning oʻrtalarida matbuot agentliklari vujudga kela boshladi (qarang Informatsiyey agentlik). 20-asrda ommaviy axborotning radioeshittirish va televideniye singari turlarining paydo boʻlishi va taraqqiy qilishiga qaramay, M. hamon kishilik jamiyatidagi oʻz oʻrni va mavqeini to-bora kengaytirib borayapti, ijtimoiysiyosiy hayot va faoliyatning hamma tomonlariga doimiy va samarali taʼsir koʻrsatayapti. Butun dunyoda M.ning muttasil keng tarqalib borayotgani buning isbotidir.

Tarixiy rivojlanish jarayonida M.ning xususiy shaxslar, ijtimoiy guruhlar (siyosiy oqimlar, partiyalar, kasaba uyushmalari, madaniy-maʼmuriy tashkilotlar va boshqalar), hissadorlik jamiyatlari, hukumat muassasalari va boshqa tomonidan taʼsis etilgan va ularning maqsadlariga xizmat qilgan qator turlari vujudga keddi. M. qaror topgan dastlabki paytlarda Yevropada cherkov diniy mafkurani targʻib qilishda bosma kitoblardan, varaqalardan keng foydalandi. Jamiyat maʼnaviy hayotiga cherkov taʼsirining tobora cheklanishi zaminida dunyoviy M. tarkib topdi va keng rivojlana boshladi. Ilgʻor ijtimoiy tuzum, demokratik tartiblar oʻrnatish uchun kurashda taraqqiy-parvar M.ning xizmati katta boʻldi.

Oʻzbekistonda M. 19-asrning 2-yarmida tarkib topdi. Toshkentda 1870-yilda oʻlkadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan "Turkestanskiye vedomosti" va "Turkiston viloyatining gazeti" Markaziy Osiyodagi M.ning ilk namunalari hisoblanadi. Turkistonda dastlabki taraqqiyparvar milliy gazetalar 1905–07 yillardan faoliyat koʻrsata boshladi ("Taraqqiy", "Xurshid", "Shuhrat" va boshqalar). Ularning yoʻlini 20-asrning 2-oʻn yilligida chop etilgan "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona", "Najot" gazetalari, "Oyina" jur. davom ettirdi. Milliy nashrlar Turkistonni savodli, maʼrifatli, taraqqiyotga erishgan, obod, mustaqil diyorga aylantirish gʻoyalarini targʻib qildilar.

1917-yildan soʻng, sobiq SSSR tarkibidagi barcha ittifoqdosh respublikalarda boʻlganidek, Oʻzbekistonda ham yangi siyosiy yoʻnalishdagi partiyasovet matbuotining koʻp tarmoqli tizimi qaror topdi. Umumdemokratik qoidalarga zid ravishda M.ning shakllanishi va rivojlanish jarayoni yakkapartiyaviylik – kommunistik partiyaning mutlaq yakkahokimligi sharoitida kechdi. Gaz., jur.lar, kitoblar qiyofasi, yoʻnalishi shu hukmron partiya rahbariyati koʻrsatmalari asosida belgilandi.

Istiqlol tufayli Oʻzbekiston M.i taraqqiyotida ham sifat jihatidan butunlay yangi – demokratik rivojlanish bosqichi boshlandi. Endilikda tashkilotlar, partiyalar, uyushmalar, ayrim jamoalar, fuqarolar ham M. nashrlarini taʼsis etish huquqiga ega boʻldilar. Mamlakatda matbuot erkinligitl taʼminlashga imkoniyat yaratila borildi. Ommaviy axborot vositalarining normal faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish, ularni nashr etish va tarqatish bilan bogʻliq moliyaviy va texnik masalalarni yechishda, ijodkorlarning demokratik jarayonda faol ishtirok etishi uchun amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiysiyosiy jamgʻarmasi tashkil qilindi (1996-yil 30-avgust). Bu jamgʻarma ommaviy axborot vositalari vakillarining mustaqil, oʻzoʻzini boshqaruvchi, hukumatga qarashli boʻlmagan tashkiloti hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining "[[Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida" (1996-yil 30 avgust), "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" (1997-yil 26 dekabr), "[[Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida" (1997-yil 24 aprel), "Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida" (1997-yil 24 aprel) qonunlari qabul qilinishi Oʻzbekiston M.i taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.

Oʻzbekiston M.i ishiga umumiy rahbarlik qilib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida" farmoni (2002-yil 3-iyul) ga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi etib qayta tashkil etildi. Shunga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, viloyat hokimliklari xuzurida matbuot va axborot hududiy boshqarmalari tuzildi. Mazkur islohot mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish sharoitida respublika aholisining axborotga boʻlgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng koʻlamda rivojlantirishga koʻmaklashish, axborot xizmatlarining zamonaviy bozorini shakllantirish yoʻlida oddinga tashlangan katta qadam boʻldi.

Oʻzbekiston M. mahsulotlari (bosma nashrlar) davriy va davriy boʻlmagan nashrlarga boʻlinadi. Davriy nashrlar ga gazeta, jur., jurnal tipidagi nashrlar (byulletenlar, ilmiy axborotlar va boshqalar); davriy boʻlmagan nashrlarga kitob, risola, bosma fafik mahsulotlar va shahrik. kiradi. Bular ham, oʻz navbatida, bir qancha turlarga – umumsiyosiy va ixtisoslashgan; muassisligiga koʻra – hukumat idoralari, xalq harakatlari, partiyalar, uyushmalar, jam-gʻarmalar.tijorat, diniy tashkilotlar va boshqalarning gazetalari; hududiy yunalishga qarab – markaziy (mamlakat miqyosida), viloyat, shahar, tuman, quyi M. organlari (qarang Kup tirajli gazeta) boʻladi. Bozor iktisodiyoti sharoitida reklamatijorat, xususiy gazetalar yuzaga keldi (yana qarang Gazeta).

Jur.lar mohiyatiga koʻra – ijtimoiysiyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy, adabiybadiiy, tabiiy-ilmiy, qishloq xoʻjaligiga oid va shahrik.; yunalishiga qarab – bolalar, yoshlar, xotinqizlar va boshqa nashrlarga boʻlinadi. Muassisligiga koʻra – hukumat idoralari, nodavlat tashkilotlar, xususiy jur.lar ham chiqmoqda (yana. q. [[Jurnal).

Kitob mahsulotlari maqsadiga qarab – ommaviysiyosiy adabiyot, badiiy adabiyot, ilmiy adabiyot, ilmiy-ommaviy adabiyot, darslik, maʼlumotnoma adabiyoti va shahrik.ga boʻlinadi (yana q. Kitob). Mamlakatda bozor iktisodiyoti talablaridan kelib chiqib, keng ommaga zarur boʻlgan, haridorgir kitoblar nashr etadigan nashriyotlar tizimi yuzaga keldi (yana qarang Noshirlik).

"Taraqqiy" gazetaning 1soni chiqqan 27-iyun (1906) sanasi Oʻzbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanib keladi (1993-yildan).

Oʻzbekiston M.iga doyr masalalar asosan "Oʻzbekiston matbuoti" jur. ida yoritiladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pidayev T., Matbuot – millat chirogʻi, T., 1999; Abduazizova N., Turkiston matbuoti tarixi (1870 – 1917), T., 2000.

Tohir Pidayev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil