Dialektizmlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dialektizmlar (dialekt) - adabiy tildati dialektlarning oʻziga xos hududiy unsurlari. D.lar tilshunoslikning barcha sohalari (fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis va b.)ga taallukli. Badiiy ijodda D.lar narsa, voqea va hodisaga mahalliy tuye berish maqsadida qoʻllanadi, bundan tashqari personaj nutqini individuallashtirish uchun foydalaniladi. Biroq, bunday qoʻllash tufayli D.lar adabiy tilga oid boʻlib qolmaydi. D.larni qoʻllash uslublararo ham cheklangan. Badiiy uslubda ancha keng , publitsis-tik uslubda qisman qullangani holda ilmiy, rasmiy uslublarda deyarli uch-ramaydi. Baʼzi soʻzlar adabiy til va dialektda qullangani holda boshqa dialektda boshqa maʼnoni ifodalaydi. Mas, "shoti", "tovoq" Fargʻona til shevalarida "narvon", "lagan"ni bildirsa, adabiy tilda "arava shotisi" "kosaga uxshash idish"ni anglatadi. Xorazm shevasiga xos "gʻoʻch" soʻzi — "mard", "botir", "nishatamiz" — "nima qilamiz" degan maʼnoni bildiradi. D.lardan oʻrinli foydalanish badiiy ijodning , umuman nutqning badiiyligini, uslubning fazilati, taʼsir-chanligini oshiradi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil