Tushuncha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tushuncha — narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. T. bilish mahsulidir, bu bilish oddiydan murakkabga koʻtarila borib, eski T.larni mukammallashtiradi, aniklashtiradi va yangilarini shakllantiradi. T.ning asosiy mantiqiy vazifasi biron narsani boshqa narsadan fikran ajratishdan iborat. Predmetlarning turkumlarini ajratish va bu predmetlarni T. da umumlashtirish tabiat krnunlarini bilishning zarur shartidir. Har bir fan muayyan T.lar bilan ish koʻradi, ularda bilimlar jamlanadi. T. hissiy bilish shakllaridan farq qilib, inson miyasida toʻgʻridantoʻgʻri aks etmaydi. U taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi. T. ning shakllanishi soʻz bilan bogʻliq. Ular oʻrtasidagi uzviy aloqadorlik tafakkur va til oʻrtasidagi bogʻlanishning aniq tarzda namoyon boʻlishidir. T.lar soʻz va soʻz birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Har qanday T. — abstraksiyadan iboratdir, bu hol T.da voqelikdan uzoklashgandek tuyulsada, haqiqatda esa T. yordamida voqelikning muhim tomonlarini ajratib, tadqiq qilish yoʻli bilan chuqurroq bilib olinadi. T. larning oʻzaro aloqadorligi va bir-biriga oʻtib turishi dialektik mantiqning T. haqidagi qoidasining muhim tomonlaridan biridir.