Varvarizmlar
Varvarizmlar (yunoncha: barbaros — aynan ajnabiy) — maʼlum bir tilga chet tillardan kirib kelgan, tilda toʻla oʻzlashmay, yotligi bilinib turadigan soʻz va iboralar. Varvarizmlar asosan soʻzlashuv uslubiga xos, tilning adabiy meʼyorini buzadi va uning asosiy lugʻat tarkibiga kirmaydi. Varvarizmlardan baʼzan badiiy adabiyotda mahalliy muhitni berish, obrazlarni xoslashtirishda foydalaniladi. Masalan, varvarizmlar iyemni ("Xanka", "Tanka"), pulni ("koʻkidan" bormi — dollar bormi), lavozim va shaxsni ("mer", "shef", "bos", "baron") va hokazoni anglatadi, shuningdek mazax qilishda foydalaniladi. Oʻzbek tili davlat tili maqomini olgach, turli tillardan, ayniqsa rus tilidan kirgan varvarizmlardan ("madam", "bratan", "zemlyak", "paxan", "dedulya" va boshqalar) oʻzbek soʻzlashuv tili faol tozalana boshladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |