Kontent qismiga oʻtish

Muomala

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Muomala (iqtisodiyotda) — mehnat mahsulotlarini oldisotdi vositasida ayirboshlash. Tovar xoʻjaligi uchun xos. M. bevosita ayirboshlashpzm pul vositachiligi bilan farq qiladi. M. ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida, natural xoʻjalik asosida tovar xoʻjaligining paydo boʻlishi bilan boshlangan. Almashuv uchun maqsulot (tovar) ishlab chiqarish shakllana boshlagach, almashuvga zaruriyat tugʻilgan, natijada M. kelib chiqqan. Tovarlarning oddiy, bevosita almashuvi (T—T)dan farqli ravishda M.da tomonlar pul orqali bogʻlanadilar (T— P—T). Almashuv ishtirokchilaridan birining qoʻliga oʻtgan pul maʼlum vaqtdan soʻng tovarlar va xizmatlar sotib olishga sarflanadi, jarayon toʻxtovsiz davom etadi. Mex.nat mahsullarining tovarga aylanishi M.ning kelib chiqishiga shart-sharoit yaratadi. Qiymatning pul shakli kelib chiqishi natijasida M. funksional mustaqillik kasb etdi. Dastlabki bosqichlarda tovar M. si mahalliy bozorlar doirasida cheklangan edi. Ijtimoiy mehnat taqsimotinint chuqurlashuvi, tovar—pul munosabatlarining kengay-ishi natijasida yagona ichki bozor va jahon bozori shakllandi. Keyinchalik tovar M.si rivojlanib, tovarlarni yetkazib berish vaqti ularning qiymatini qoplash vaqtidan farq qila boshladi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish moddiytexnika asosining shakllanishi kredit, keyinchalik qimmatli qogʻozlar M.sini rivojlantirdi.

M. ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarishdan isteʼmolga yoʻnaltirishda alohida vazifalarni bajaradi. M. sohasida tovar ishlab chiqaruvchilarning abstrakt mehnati oʻzining ijtimoiy bahosini oladi, zarur mehnat vositalari va buyumlarini sotib olish orqali ishlab chiqarishning yangi sikli uchun sharoit yaratiladi, tayyor mahsulot isteʼmol fazasiga yekazib beriladi, aholining talab darajasi aniqlanadi.

Nuriddin Yoʻldoshev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil