Toshloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshloq
shahar
40°28′0″N 71°46′37″E / 40.46667°N 71.77694°E / 40.46667; 71.77694 G OKoordinatalari: 40°28′0″N 71°46′37″E / 40.46667°N 71.77694°E / 40.46667; 71.77694 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Toshloq tumani
Aholisi
 (1989)
12 067[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Toshloq xaritada

Toshloq — Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi shaharcha (1974-yildan), tuman markazi. 1974-yil 10 dekabrda Toshloq qishlogʻi oʻrnida tashkil etilgan. Aholisi 14,2 ming kishi (2001). Yaqin temir yo'l stansiyasi — Oxunboboyev (5 km). Fargʻona shahridan 16 km. Toshloqda tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy, davlat tashkilotlari, paxta tozalash zdi, Margʻilon "Atlas" firmasi filiali, non kombinati, tikuvchilik fabrikasi, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 3 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, markaziy kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Toshloq — Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar qatnaydi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Population census-1989
  2. "Toshloq" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil